O‘zbekiston | 08:33 / 20.04.2020
6581
2 daqiqa o‘qiladi

Qarshi shahri va Xorazm viloyatida kanalizatsiya tizimi yaxshilanadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish loyihasi amalga oshiriladi

Hujjatlar Qarshi (Qashqadaryo viloyati), Urganch, Xiva, Pitnak shaharlari va Gurlan shaharchasi (Xorazm viloyati) aholi va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarining kanalizatsiya xizmatlari bilan ta'minlanganlik darajasini oshirishga qaratilgan. Qabul qilingan hujjatning yana bir maqsadi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan hamkorlikni kengaytirishdan iborat.  
 
Norma’ning yozishicha, 2020–2023 yillarda amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati: Qarshi shahrida – 114,5 mln AQSh dollari, Xorazm viloyatida – 76,04 mln AQSh dollari. Ulardan tegishincha 90 va 60 mln AQSh dollari – 4 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga berilgan YeTTB qarzlari.
 
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi «Kommunxizmat» agentligi loyihalarni amalga oshirish va YeTTB qarzlaridan maqsadli foydalanish uchun mas'ul hisoblanadi.  
 
Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklariga kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlari qurish uchun yer uchastkalarini ajratish hamda zaruratga ko‘ra kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash topshirildi. 

Hujjat 15.04.2020 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid