Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada bir kun ichida koronavirusdan rekord sonda odam vafot etdi
Yaponiyada koronavirus qurbonlari bir kun ichida 23 nafarga ko‘payib, bu pandemiya vaqtida Kunchiqar mamlakatda qayd qilingan yangi o‘limlar soni bo‘yicha eng katta ko‘rsatkichdir.
Bu haqda Kyodo axborot agentligi xabar berdi.
Yaponiyada umumiy hisobda koronavirus qurbonlari soni 274 nafarga yetgan. Kasallanganlar soni esa 11864 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallanish holatlari eng ko‘p poytaxt Tokioda (3182 nafar), Osaka (1296) va Kanagava (799) prefekturalarida qayd qilingan.
Avvalroq Yaponiyaning jamoatchilik televideniyesi mamlakatda koronavirus tarqalishi sur'ati pasayganini ma'lum qilgan.
8 apreldan Tokio va unga qo‘shni Kanagava, Saytama va Tiba, Xonsyu orolidagi Osaka va Xego hamda Kyusyu orolidagi Kyusyu prefekturalarida favqulodda holat tartibi amal qila boshlangandi. 16 aprelda esa butun mamlakat bo‘ylab 6 maygacha favqulodda holat joriy qilingan. Bu choralardan asosiy maqsad odamlar orasidagi o‘zaro aloqalarni 80 foizga qisqartirish, aprel oxiri-may boshidagi bayramlar davrida mamlakat bo‘ylab safarlarning oldini olish hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:43
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026