Jahon | 21:10 / 20.04.2020
1841
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 83 mlrd dollar ajratiladi

O‘tgan haftada mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe hukumat fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun har bir yaponiyalikka 100 ming iyendan (930 dollar)  ajratishini ma'lum qilgandi.

Yaponiya hukumati koronavirus oqibatlari bilan kurashish uchun qo‘shimcha 8,9 trln iyen (83 mlrd dollar) ajratadi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Financial Times xabar berdi.

Iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash paketi miqdori 108,2 trln iyendan 117,1 trln iyenga yetadi. 

O‘tgan haftada mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe hukumat fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun har bir yaponiyalikka 100 000 iyendan (930 dollar)  ajratishini ma'lum qilgandi.

Dastlabki rejada esa koronavirus pandemiyasidan jabr ko‘rgan 13 millionta oilaga 300 000 iyendan berilishi ko‘zda tutilgandi.  

Dushanba kuni e'lon qilingan statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2020 yil mart oyida Yaponiya eksport hajmi keskin tushib ketgan. Eksport o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,7 foizga qisqargan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid