Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya vazirlari bir oylik maoshlarini xayriya tashkilotlariga o‘tkazib beradi
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Avstriyada koronavirusga chalinganlar soni 15 mingga yaqinlashgan, 490dan ortiq kishi vafot etgan.
Avstriya hukumatining barcha a'zolari bir oylik maoshlarini koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashayotgan xayriya tashkilotlariga o‘tkazib beradi. Bu haqda Avstriya kansleri Sebastyan Kurs ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda millionlab kishilar ko‘p narsalardan voz kechishiga to‘g‘ri keldi yoki og‘ir iqtisodiy vaziyatda qoldi.
"Vazirlar bu harakati bilan bunday og‘ir damlarda birlik muhim ekanligini ta'kidlash niyatida", dedi hukumat rahbari.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Avstriyada koronavirusga chalinganlar soni 15 mingga yaqinlashgan, 490dan ortiq kishi vafot etgan.
O‘tgan haftada Yangi Zelandiya hukumati a'zolari koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlaridan jabr ko‘rganlar bilan hamjihat ekanligini bildirish maqsadida yaqin yarim yil davomida 20 foizga qisqartirilgan holda maosh olishga qaror qilishgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
20:19 / 01.06.2026