Jahon | 16:20 / 21.04.2020
11271
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada koronavirusga chalingan bola o‘zi bilan muloqotda bo‘lgan 172 kishining hech biriga kasallik yuqtirmagani ma'lum bo‘ldi

Foto: Alex Martin/AFP/Getty Images

Fransiya sharqida yashovchi koronavirusga chalingan to‘qqiz yoshli bola 172 kishi bilan muloqot qilgan bo‘lsa-da, ularning hech biriga kasallik yuqtirmagani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

U bilan muloqotda bo‘lgan barcha ehtiyot chorasi sifatida karantinga joylashtirilgandi.

Ushbu holatni o‘rgangan Fransiya sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari bolalar asosiy virus tashuvchi bo‘lmasliklari mumkin degan taxminni bildirmoqda.

Bolada koronavirus aniqlanguniga qadar u Yuqori Savoyya departamentidagi uchta chang‘i maktabida bo‘lgan.

Nashrning qayd etishicha, bola kasallikni britaniyalik Stiv Uolsh bilan muloqot qilganlardan yuqtirib olgan.

Uolsh kasallikka yanvarda, Singapurdagi konferensiyada qatnashgan chog‘ida chalingan. Keyinroq u oilasi bilan Yuqori Savoyyadagi Kontamin-Monjua chang‘i kurortiga kelgan.

Ushbu holatni o‘rgangan Fransiya sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari bolalar asosiy virus tashuvchi bo‘lmasliklari mumkin degan taxminni bildirmoqda, deb yozadi The Guardian.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid