Jahon | 19:52 / 21.04.2020
3297
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya bosh vaziri vaksina paydo bo‘lmagunicha niqobda yurish zarurligini ta'kidladi

Hukumat rahbari hafta oxirigacha mamlakatning karantindan bosqichma-bosqich chiqishi rejasini taqdim etishini aytdi. 

Foto: AP

Niqob taqish va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish Italiyaning odatiy hayotga qaytishi uchun zarur shartlardan biri hisoblanadi. Bu haqda Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte senatdagi chiqishi chog‘ida ma'lum qildi.

"Hukumat hozirgi sanitariya sharoitida beshta banddan iborat strategiyani ishlab chiqdi. Ulardan birinchisi – ijtimoiy masofani saqlash hamda samarali davolash va vaksina paydo bo‘lmagunicha shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish", - dedi Konte.

Hukumat rahbari hafta oxirigacha mamlakatning karantindan bosqichma-bosqich chiqishi rejasini taqdim etishini aytdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, karantin rejimi 4 maydan yumshatila boshlanadi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirus yuqtirganlar soni 181 mingdan oshgan, 24 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid