Jahon | 23:49 / 21.04.2020
5332
2 daqiqa o‘qiladi

OPeK+ vazirlari neft bozori bo‘yicha norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

OPeK+ 12 aprel kuni neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risida kelishib olgandi. Ammo kelishuvga qaramasdan, neft narxi tushib bormoqda.

Foto: AFP

OPeK+ vazirlari o‘tkazgan norasmiy teleanjumanda neft bozoridagi bugungi holat muhokama qilindi, deb xabar berdi OPeK.

"OPeK va OPeK+ vazirlari neft bozoridagi mavjud dramatik vaziyatni muhokama qilish uchun norasmiy teleanjuman o‘tkazdi", - deyiladi OPeK tashkilotining Twitter sahifasida.

Tashkilotning bildirishicha, vazirlar neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi kelishuvga amal qilinishini tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, anjumanda Jazoir, Venesuela, Nigeriya, Qozog‘iston, Ozarboyjon vakillari ham ishtirok etgan.

OPeK+ 12 aprel kuni neft qazib olishni may-iyun oylarida sutkasiga 9,7 million barrelga, yilning ikkinchi yarmida 7,7 million va 2022 yil apreligacha 5,8 million barrelga qisqartirish to‘g‘risida kelishib olgandi. 

Ammo kelishuvga qaramasdan, neft narxi tushib bormoqda. Dushanba kuni WTI rusumidagi neftning bir barreli narxi minus 37,63 dollargacha tushib ketdi. 

Mavzuga oid