Jahon | 23:00 / 21.04.2020
9392
4 daqiqa o‘qiladi

Foto: Qirolicha Yelizaveta II 94 yoshni qarshiladi

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 21 aprelda 94 yoshini qarshiladi. U o‘z tavallud kunini 98 yoshli turmush o‘rtog‘i Filipp bilan Vindzor saroyida izolyatsiya sharoitida nishonladi. 

Foto: AP

Juftlik bu saroyga Bukingem saroyidan mart oyida koronavirus tarqalishi ortida ko‘chib o‘tgandi.

Qirolicha butun dunyoni qamrab olgan koronavirus pandemiyasi va undan minglab odamlar vafot etayotgani ortida uning tavallud kuniga an'anaviy ravishda uyushtiriladigan salyutni o‘tkazmaslikni iltimos qilgan

Qirolicha ijtimoiy tarmoqlarda tug‘ilgan kuni munosabati bilan tushgan yangi suratlari bilan bo‘lishgan. Ijtimoiy masofalashuv qoidalari amal qilayotgani sababli qirolicha huzuriga tashriflar amalga oshirilishi rejalashtirilmagan.

Qirollik oilasi a'zolari Yelizaveta II’ni ijtimoiy tarmoqlar orqali tabriklashgan. Qirolichaning to‘ng‘ich o‘g‘li - shahzoda Charlz o‘z rafiqasi bilan birga onasini britan monarxlarining Vestminsterdagi qarorgohi - Klarens-xausdan muborakbod etgan.

Shuningdek, qirolichani uning nabirasi shahzoda Uilyam rafiqasi va farzandlari bilan birga Kensington saroyidan tabriklagan. 

Uzoq yillik an'anaga ko‘ra, Yelizaveta II’ning tug‘ilgan kuni yilda ikki marta: 21 aprelda oila davrasida va rasman iyunning ikkinchi shanbasida nishonlanadi. Qirolichani butun mamlakat aholisi tabriklaydi, uning sharafiga ochiq qabullar va paradlar tashkillashtiriladi.

Yelizaveta ІІ 1926 yilda Londonda dunyoga kelgan. Taxtga 1952 yil 6 fevralda 25 yoshida o‘tirgan. U Britaniya tarixida eng uzoq hukmronlik qilayotgan monarx hisoblanib, taxtni 68 yildan beri egallab keladi.  

Qirolichaning 4 nafar farzandi – 3 o‘g‘li va bir qizi bor.

PA MEDIA

 Bu yil qirolichaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan an'anaviy salyut otilmaydi. Yelizaveta II 68 yillik boshqaruvi davrida biror marta bu marosimni bekor qilmagandi. Ayni vaqtda monarx turmush o‘rtog‘i Filipp bilan birga Vindzor qasrida bo‘lib turibdi.

GETTY IMAGES

2017 yilda qirolichaning tug‘ilgan kuni sharafiga London markazidagi Gayd-parkda zambaraklardan o‘q uzilgandi. 

PA MEDIA

 Britan monarxlarida, o‘z tug‘ilgan kunidan tashqari, rasmiy tug‘ilgan kuni ham bo‘ladi, bu kun gvardiyachilarning harbiy paradi bilan o‘tkaziladi (Trooping the Colour). Bu kun iyun oyiga to‘g‘ri keladi va unda qirolichaning o‘zi ishtirok etadi. Bu yili bu marosim ham pandemiya tufayli o‘tkazilmaydi. Fotoda qirolicha va uning turmush o‘rtog‘i 2009 yilgi parad vaqtida.

GETTY IMAGES

Bolalikda qirolicha «Lilibet» laqabini olgan, chunki u o‘z ismini to‘g‘ri talaffuz qila olmagan. OAV ma'lumotiga ko‘ra, uning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp uni «karamxon» deb ataydi. Fotoda bo‘lajak qirolicha va uning singlisi malika Margaret 1940 yilda. 

Qirolicha Ikkinchi jahon urushi davridan buyon avtomobil boshqarishni yoqtiradi. U urush davrida avtomexaniklikka o‘qigan va yuk mashinasi haydagan. Uning sevimli avtolari - Range Rover va Jaguar. Foto 1988 yilga mansub. 

Har yili Londonning Chelsi tumanida bog‘dorchilik-gullar shousi o‘tkaziladi, an'anaga ko‘ra unda qirollik xonadoni vakillari ishtirok etishadi. Bu yili marosimni koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilishdi. Fotoda - qirolicha o‘z nabirasi Uilyam va uning rafiqasi Keyt bilan birga.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid