Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh senati iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga 484 mlrd dollar ajratilishini ma'qulladi
AQSh senati koronvirusdan jabr ko‘rgan iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga 484 mlrd dollar ajratilishi uchun ovoz berdi. Bu summaning katta qismi PPP kreditlash dasturini to‘ldirish uchun yo‘naltiriladi.
Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Ushbu summadan 320 mlrd dollar Paycheck Protection Program (PPP) kreditlash dasturiga yo‘naltiriladi. Ushbu dastur kichik biznes vakillariga inqiroz vaqtida xodimlariga maosh to‘lashga imkon beradi. 60 mlrd dollarga yaqin mablag‘ kichik korxonalarni kreditlash dasturiga ajratiladi.
Avvalroq AQSh hukumati RRR’ni moliyalashtirishga 350 mlrd dollar ajratgandi, biroq bu mablag‘lar aprelda ishlatib bo‘lingan.
Yana 60 mlrd dollar tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘yicha ajratiladi.
Agar iqtisodiy ko‘mak paketi qabul qilinsa, 75 mlrd dollar shifoxonalarga, 25 mlrd dollar koronavirusni testlash jarayonini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Yordam paketi senat tomonidan ma'qullangach, endi vakillar palatasiga ko‘rib chiqish uchun topshiriladi. Palata ushbu choralarni 23 aprelda ma'qullashi kutilmoqda. So‘ngra hujjat AQSh prezidenti tomonidan imzolanadi.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026