— Biznesni onlaynga ötkazişdagi muammolar nimalardan iborat?

— Internet yoki onlaynning rivojlanişidagi asosiy körsatkiçlardan biri - xalq orasida yoki jamiyatda internetning qançalik kirib borganligidir. Bu masalada statistikaga qaraganimda Özbekistonda bugungi kunda 33 million aholidan 22 millioni internet bilan ta'minlangan. Ulardan 19 million kişi mobil internetdan foydalanadi.

Bu statistikaning metodikasi qanday ekanini bilmayman. Lekin şunga qaramay, şu paytgaça köramizki, Toşkentdan taşqariga çiqqanimizda internetning sifati juda tuşib ketadi. Köp narsani işlatişga qiynalamiz. Ba'zi joylarda mutlaqo yöq. Bu katta muammo albatta. Bundan taşqari, internet bölgani bilan undan foydalaniş saviyasi hali deyarli boşqaça. Bilamizki, bizda internet bir tomonlama rivojlanyapti. Internet deganda köplar telegram orqali har xil kanallarga ulanib, öşa yerdan ma'lumot oliş va hokazoni tuşunişadi.

U «Orient Capital Management» kompaniyasi direktori Anvar Irçayevning MFactor loyihasi doirasida Özbekistonda onlayn biznes rivojlanişi uçun hal qilinişi kerak bölgan jiddiy masalalar mavjud ekani, ularni 3-5 yil içida hal qiliş mumkinligi haqida aytgan fikriga öz munosabatini bildirdi.

— Keça Anvar aka gapirganlarida bir narsani aytdilarki, Rossiyada bir neça yil oldin körganman. Bizda 3-4 yil ketişi mumkin degan.

Texnologik rivojlaniş jarayoni şundayki, boşqa davlatlarda kirib boriş bosqiçi keyingi bosqiçlarga nisbatan sekinroq böladi. Keyingi har bir bosqiçda bu narsa bilan töqnaş kelayotgan davlat, joy, kompaniyada bu jarayonlar bir neça baravar tezlaşib ketişi mumkin. Sababi ötilgan yölda uçragan töğanoqlar ma'lum böladi, texnologiyaning tannarxi tuşib borişi ham katta effekt. Uni qöyiş, tarqatiş, çekkalarga ham yetkazib boriş nuqtayi nazaridan arzonlaşib, osonlaşib boradi. Şu sababli mening fikrim – boşqa davlatlarda 4-5 yil ketgan bölsa, buni bir neça baravar tezroq amalga oşirilişi ehtimoli katta. Ayniqsa hozirgi kunda kuzatilayotgan pandemiya orqali onlaynda köp narsani hal qilsak bölarkan, degan narsa nafaqat biznes tomonidan, balki davlat arboblari, hukumat tomonidan körilib, foydalaniş boşlandi. Öylaymanki, keyingi bosqiçda bu narsaga investitsiya köpayib, jarayon tezlaşadi.