«Orient Capital Management» kompaniyasi direktori Anvar Irçayev MFactor loyihasi doirasida inqiroz davrida moliyaviy boşqaruv mavzusida öz fikrlarini bildirdi.

«Sönggi körsatuvlarda köp eşitdik, endi buyoğiga oflayn bölmaydi, odamlar onlaynga örgandi, hamma narsa onlaynga ötib ketdi degan [fikrlar böldi]. Men bu ğoyaga unça qöşilmayman», deydi Anvar Irçayev.
U Özbekistonda onlayn biznes rivojlanişiga tösqinlik qiladigan masalalarni sanab ötdi.
«Onlayn biznes rivojlanişi uçun Özbekistonda 2-3ta jiddiy masalalar bor. Ana şu masalalarni balki 3, 4-5 yil içida hal qilişimiz kerak.
Birinçi masala bu – internet yöqligi, internet tezligining pastligi. Internetning kirib boriş körsatkiçi kam. Özbekiston böyiça keng polosali internetning kirib borişi 7-10 foiz. Qozoğiston yoki Rossiyada bu 70-80 foizgaça borgan. Rossiyada 1999-2000-yillarda internetning kirib borişi 7-9 foiz bölgan. U paytda özim ham Moskvada işlaganman, u vaqtda Rossiyada onlayn biznes bölmagan. Şuning uçun Özbekistonda onlayn biznes bölişi menimça juda katta masala.
Ikkinçi sabab – Özbekistonda aholi jon boşiga YaIM juda kam. Bu kam degani odamlarning sotib oliş qobiliyati hali juda past. Sotib qoliş qobiliyatining pastligi örtaça çekning summasi past degani. Rossiyada onlayn yetkazib berişning örtaça çeki 70-80 dollar. Özbekistonda örtaça çekning örtaça summasi balki 10 dollar, köpi bilan 20 dollar.
Özingiz ham öylab körişingiz kerak: şu 20 dollardan onlayn market neça foiz pul topyapti? Menimça, ularning marjasi 3 foiz. 20 dollardan 3 foiz degani bu – 70 sent. Ya'ni bir odamning işini bitir, paketlarga yiğ, uni yetkazib beruvçi bilan yetkazganda 3 foiz, 70 sent pul topyapti. Bu narsa çeklangan. 70 sentdan odam soni, kuniga köpaytirsangiz, kompaniyaning yalpi tuşumi qança böladi. Tuşumi menimça, past bölsa kerak. Kompaniyaning tuşumi kam bölganidan keyin u qanday rivojlanadi? Qanday qilib odamlarni örgatadi, qanday qilib yetkazib beruvçilarga pul tölaydi, qayerdan IT-texnologiyalarga investitsiya kiritadi?
Obektiv masalalar bor, biz şu masalalarni yeçişimiz kerak.
Uçinçi masala – hamma onlayn masalalar reklamaga borib taqaladi. Makro, Korzinka ’ni bilamiz, ötgan-ketganda ularni köramiz. Içiga kirib, mahsulot sotib olib, uyga olib boraylik deymiz. Lekin onlayn servisni yölga qöyganda bu narsani reklama qiliş kerak. Reklama qilib odamlarga yetkazsa, şunda odamlar bu narsani biladi»,deydi Anvar Irçayev.










