O‘zbekiston | 10:36 / 22.04.2020
7208
5 daqiqa o‘qiladi

Karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq holatlar soni 90 mingga yaqinlashdi

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda

Foto: KUN.UZ

Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 89 521 ta holat aniqlangan. 

IIV xabariga ko‘ra, ular:

  • Toshkent shahrida – 16 533 ta holat; 
  • Farg‘ona viloyatida – 14 396 ta holat;
  • Toshkent viloyatida – 13 400 ta holat;
  • Samarqand viloyatida – 7 732 ta holat;
  • Sirdaryo viloyatida – 6 007 ta holat;
  • Qashqadaryo viloyatida – 5 619 ta holat;
  • Andijon viloyatida – 5 135 ta holat;
  • Namangan viloyatida – 4 938 ta holat;
  • Buxoro viloyatida – 3 465 ta holat; 
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 3 259 ta holat;
  • Xorazm viloyatida – 2 860 ta holat;
  • Surxondaryo viloyatida – 2 712 ta holat;
  • Jizzax viloyatida – 2 667 ta holat;
  • Navoiy viloyatida – 798 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

21 aprel kuni Toshkent viloyati, Yangiyer shahar, “Obod yurt” mahallasi, Yangi asr ko‘chasida yashovchi 1986 y.t. Umidjon A., Andijon viloyati, Asaka tumani, “Baynalminal” mahallasi, T.Malik ko‘chasida yashovchi 1991 y.t. Oybek S., Andijon shahar, “Jalabek” mahallasida yashovchi 1985 y.t. Sanjar R., Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, “Xonjiza” mahallasida yashovchi Odiljon I., Sho‘rchi tumani, “Qoraariq” mahallasida yashovchi 1966 y.t. Rashid M.lar jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.

21 aprel kuni Jizzax shahar, “A.Temur” mahallasi, A.Ahmedov ko‘chasida yashovchi 1997 y.t. Sanjar A., Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani, “Kuyuk ko‘pir” ovulida yashovchi 1964 y.t. Shukurillo J., “Qipchoq” ovulida yashovchi 1973 y.t. Zokirjon Yu., “O‘rta Qal'a” ovulida yashovchi 1976 y.t. Akmal Ch.lar ruxsatnomasiz o‘z transportida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

21 aprel Samarqand viloyati, Narpay tumani, “Birlik” mahallasida yashovchi 1992 y.t Obidjon G‘., Samarqand shahar, “Sattepo” mavzesida yashovchi 1982 y.t. Azamat O. va 2002 y.t. Temur T.lar o‘z velosipedida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, velosipedlari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

21 aprel kuni Samarqand viloyati, Payariq tumani, “Birlashgan” qishlog‘ida yashovchi 1981 y.t. Uzoqboy M. karantin qoidalarini buzib, Yakkasaroy tumani hududida maqsadsiz yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

21 aprel kuni Toshkent viloyati, Bekobod shahar, “Istiqlol” mahallasida yashovchi 1981 y.t. Murodjon M. karantin vaqtida ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabini bajarmaganligi uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

21 aprel kuni soat 10:35da Guliston shahar, 4-mavze, “Bo‘ston” mahallasida yashovchi 1999 y.t. Nozima Ya. karantin qoidalarini buzib, mayda bezorilik sodir qilganligi uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54 va 183-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, Guliston shahar Ma'muriy ishlar sudi tomonidan 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

21 aprel kuni Jizzax shahar, “A.Navoiy” mahallasi, A.Yassaviy ko‘chasida yashovchi 1992 y.t. Murod Y. “G‘.G‘ulom” mahallasida joylashgan kompyuterxonada uch nafar fuqaroga kompyuter o‘yinlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatayotganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

21 aprel kuni Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani, “O‘rdabog‘” mahallasida yashovchi 2000 y.t. Rustamjon M. karantin vaqtida jamoat joyida mayda bezorilik sodir qilganligi uchun, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, Uchqo‘rg‘on tumani Ma'muriy ishlar sudi tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

21 aprel kuni Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani, “Turkiston” mahallasida yashovchi 1995 y.t. Abdurahmon A. mayda bezorilik sodir qilganligi uchun, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, Uchqo‘rg‘on tumani Ma'muriy ishlar sudi tomonidan 4 460 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Mavzuga oid