O‘zbekiston | 09:25 / 23.04.2020
5868
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda uch oyda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar haqida ma'lumot berildi

2020 yil yanvar-mart oylarida 33,4 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 63,9 foizi yoki 21,4 trln. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan 

2020 yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 89,8 foizni tashkil etdi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 2020 yil yanvar-mart oylarida 33,4 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 63,9 foizi yoki 21,4 trln. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 36,1 foiz yoki 12,0 trln. so‘m moliyalashtirildi. 

Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, o‘tgan yilning mos davridagi ulushiga nisbatan 13,0 foiz punktga kamayib, 25,3 foizni yoki 8,4 trln. so‘mni tashkil etdi. 

Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 24,9 trln. so‘m yoki jami investitsiyalarning 74,7 foizi o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 13,0 foiz punktga ko‘paydi. 

2020 yilning yanvar-mart oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 8,6 trln so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 26,0 foizini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 10,1 foizi yoki 3,3 trln. so‘mi o‘zlashtirildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 3,6 trln. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 foiz punktga ko‘payib, 10,9 foizni tashkil etdi. 

Mavzuga oid