Jamiyat | 08:36 / 23.04.2020
3458
3 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyatida bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi

Xorazm viloyatida bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan kelgusida samarali foydalanish chora-tadbirlari qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyatida bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan kelgusida samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Xorazm viloyatida bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan kelgusida samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Quyidagilar:

o‘rnatilgan tartibda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari belgilangan holda boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatda “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasida sotiladigan davlat mulki obektlari ro‘yxati;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish asosida investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarini bajarish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotiladigan davlat mulki obektlarining ro‘yxati;

kichik sanoat zonasi tashkil qilinadigan ishlab chiqarish maydonlari ro‘yxati tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda:

ko‘rsatilgan obektlarni savdoga chiqarish jadvali tasdiqlanishini;

ko‘rsatilgan obektlar bo‘yicha investorlar bilan oldi-sotdi shartnomalari tuzilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:

ko‘rsatilgan ishlab chiqarish maydonlarini “Xorazm kichik sanoat zonalari direksiyasi” DUK balansiga o‘tkazib, lotlarga ajratgan holda “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasiga chiqarilishini;

ushbu ishlab chiqarish maydonlarini sotishdan tushgan pul mablag‘larini faqat mazkur hududlardagi infrastrukturani rivojlantirishga yo‘naltirilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ko‘rsatilgan ishlab chiqarish maydonlarini “Xorazm kichik sanoat zonalari direksiyasi” DUK balansiga o‘tkazishda soliqdan ozod etilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Xorazm viloyati hududiy boshqarmasiga ikki qavatli bino qurib berganligi sababli Xorazm viloyati, Urganch tumani, Muqumiy ko‘chasi 2-tor ko‘chasida joylashgan ikki qavatli bino “Sayot qurilish” MChJga bepul beriladi.

Mavzuga oid

E`lonlar