Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya Yevropada birinchi bo‘lib umummilliy karantinni bekor qildi
Chexiya Yevropa davlatlari ichida birinchi bo‘lib koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan umummilliy karantinni bekor qildi va cheklovlarni yumshatishni boshladi. Bu haqda Chexiya sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytexga tayanib Novinky sayti ma'lum qildi.
Yevropa sekin-asta karantindan chiqmoqda, buni esa birinchi bo‘lib Chexiya amalga oshirdi. Hukumat yopilgan chegaralarni ochishga qaror qildi va aholining mamlakat bo‘ylab harakatlanishiga cheklovni bekor qildi.
Chexiya Yevropada koronavirus tarqalishi xavfi haqida birinchilardan bo‘lib bong urgandi. Chexlar qo‘shni davlatlardan farqli o‘laroq, darhol qat'iy choralar ko‘rib, 12 martdan mamlakatda favqulodda vaziyat e'lon qilishgandi. 16 martdan esa Chexiyaga xorijliklarning kirishi taqiqlangan, fuqarolar esa mamlakatdan chiqarilmay qo‘yilgan.
Endi Chexiya fuqarolari hattoki dam olgani xorijga ham chiqa olishadi, biroq ular qaytganlaridan keyin ikki haftalik karantinga jo‘natiladilar yoki o‘zlarida koronavirus yo‘qligi haqida tibbiy ma'lumotnoma taqdim qilishlari kerak bo‘ladi. Hujjat tahlil topshirilgandan keyin 4 kun amal qiladi.
Bundan tashqari, mamlakat bo‘ylab harakatlanishga cheklov bekor qilindi va jamoat joylarida 10 kishigacha yig‘ilishga ruxsat berildi.
Shuningdek, 27 apreldan avtomaktablar, sport zallari, kutubxonalar, hayvonot bog‘lari va maydoni 2500 kvadrat metrgacha bo‘lgan do‘konlar ochilishiga ruxsat beriladi.
11 maydan esa savdo markazlari, restoranlar, kafelar o‘z faoliyatini davom ettira oladi.
“Biz Chexiya hududida pandemiyani juda yaxshi uddalay oldik”, deb izoh bergan cheklovlarning bekor qilinishiga Voytex.
Biroq Chexiya karantindan chiqish rejasini vaziyat rivojlanishiga qarab o‘zgartirishi ham mumkin.
Bungacha vazir cheklovlarning qisman bekor qilinishini va fuqarolarga koronavirus tarqalishi darajasi past bo‘lgan davlatlarga borishga ruxsat berishni taklif qilgan. O‘z navbatida, Chexiya prezidenti Milosh Zeman mart oyida yopilgan chegaralarni bir yildan oldin ochish kerakmasligini aytgan. U kirish-chiqishga cheklovlar to‘liq bekor qilinsa, mamlakatga yana koronavirus kirishi xavfi borligini aytgan.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
09:14 / 27.05.2026
Chexiyalik fuqaro Eurojackpot lotereyasida 120 mln yevro yutdi
22:01 / 26.05.2026
Ukrainaga yordam beruvchi davlatlar koalitsiyasi ikki barobar qisqargani ma’lum bo‘ldi
20:20 / 01.05.2026