Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlarining uch oydagi umumiy hajmi ma'lum qilindi
2020 yilning yanvar – mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 25,2 trln. so‘mni yoki 2019 – yilning mos davriga nisbatan 3,9 foizni tashkil etdi
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 23,7 trln. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 1,3 trln. so‘mni, baliq xo‘jaligi – 0,2 trln. so‘mni tashkil qildi. YaIM (YaQQ) tarkibida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining ulushi 14,8 foizga teng bo‘ldi. Mazkur tarmoqning YaIM mutlaq o‘sish sur'atiga ta'siri 0,5 f.p.ni tashkil etdi.
2020 yilning yanvar-mart yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lar umumiy hajmining 93,7 foizi – dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar, 5,3 foizi – o‘rmon xo‘jaligi, 1,0 foizi – baliq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi.
2020 yilning yanvar – mart oylarida hududlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Samarqand (3,4 trln so‘m) va Toshkent (3,3 trln so‘m) viloyatlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Sirdaryo viloyati (811 mlrd. so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (829 mlrd. so‘m) va Navoiy viloyatini (1,3 trln so‘m) keltirib o‘tish mumkin.
Respublika ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur'atlari Buxoro va Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi. Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida esa aksincha o‘sish sur'atlari pastligi kuzatildi.
Respublikaning qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmida Samarqand viloyatining ulushi 13,5 foizni tashkil etdi va hududlar bo‘yicha yuqoriligicha qolmoqda, Toshkent va Buxoro viloyatlari mos ravishda 13,2 foiz va 8,6 foiz ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarni egalladi. Eng kam ulush Sirdaryo viloyati (3,2 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (3,3 foiz) va Navoiy viloyatida (5,5 foiz) qayd etildi.
Mavzuga oid
20:46 / 07.11.2024
Prezident 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlashni buyurdi
19:07 / 07.11.2024
2025 yilda kanallarni betonlashtirishga 800 milliard so‘m ajratiladi
18:21 / 07.11.2024
Prezident suv ta’minoti og‘ir tumanlarda sug‘orishni «aqlli tizimga» o‘tkazishni buyurdi
11:59 / 05.11.2024