Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«ShoxMed» xususiy klinikasining faqat bitta filiali karantinga yopilgani ma'lum qilindi
Foto: Clinics.uz
23 aprel kuni Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda Toshkentdagi «Shoxmed» xususiy klinikasi ham karantinga yopilgani haqida ma'lumot berilgan edi.
Nurmat Otabekovning aniqlik kiritishicha, bir nechta filiallardan iborat «Shoxmed» klinikasining Yakkasaroy tuman, Kichik xalqa yo‘li 70 A (mo‘ljal – Aeroport) filialiga karantinda o‘tirishi lozim bo‘lgan shaxs tashrif buyurgani sababli klinikaning 22 kishi faoliyat yuritadigan mazkur filiali karantinga yopilgan.
Qolgan filiallar (Oybek ko‘chasidagi «Shox Med Center» va Chilonzor tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasidagi «Zdorovaya semya» filiallari) faoliyatini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
20:53 / 25.01.2026
Koreyaga kirishda karantin talablari kuchaytirildi
12:32 / 02.10.2025