«Yaqin orada vaziyat oydinlashadi» – Otabekov O‘zbekistonda karantin qachon tugashi haqida
Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda karantin rejimi tugashi shartlarini ma'lum qildi.

Foto: KUN.UZ
«Karantin rejimi qachon tugashi hozir hammani birdek o‘ylantirayotgan masala. Xalqaro ekspertlar yozda, issiq ob-havo boshlanishi bilan koronavirus tarqalishiga to‘siqlar paydo bo‘lishi va bu ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishini aytishmoqda.
Odatda karantin rejimi tugashining asosiy sharti aholining 70 foizida kasallikka qarshi immunitet hosil bo‘lishi hisoblanadi. Kasallikni boshdan kechirish yoki epidemiologik choralar natijasida 70 foiz aholida immunitet hosil bo‘lsa, karantin tugatiladi», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Nurmat Otabekov faqat keskin choralargina kasallik cho‘qqisini yengib o‘tishga yordam berishi, shuning uchun o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga rioya etish lozimligini ta'kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika maxsus kommissiyasi karantinni tugatish masalasi ustida ishlamoqda – yaqin orada vaziyat oydinlashadi va xulosalar qilinadi.
Brifing davomida bosh sanitariya inspektori Toshkent shahrida karantinga yopilgan muassasalar ro‘yxati bilan ham tanishtirdi.
«Toshkent shahridagi 7-sonli tug‘uruqxona, respublika perinatal markazi, respublika endokrinologiya ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markazi, 5-sonli infeksion kasalliklar shifoxonasi, respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va ShohMed xususiy shifoxonasi [filiallaridan biri] karantinga yopilgan. Sababi bu muassasalarda koronavirus bilan zararlarish holatlari aniqlangan», deydi Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifing chog‘ida.
U shuningdek virusni yuqtirib olish ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarni sanab o‘tdi.
«Birinchi o‘rinda dorixonalarda ishlaydiganlar. Chunki dorixonaga ko‘proq sog‘ligida muammosi bor odamlar tashrif buyuradi.
Ikkinchi o‘rinda do‘konlar. Do‘konlarga borganda xavfsizlik maqsadida tibbiy niqob taqish, arava tutqichiga antiseptik vositalar bilan ishlov berish, o‘ralgan mahsulotlarni olish, qadoqlangan paketlarga kamroq qo‘l tekkizish kerak.
Uchinchi o‘rinda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari. Yoqilg‘i quyadigan uskunadan kuniga o‘nlab odam foydalanadi.
To‘rtinchi o‘rinda uy hayvonlarini sayr qildirish joylari. Itlarni olib chiqishda pod'yezd va eshik tutqichlari ushlanadi. Bundan tashqari, itlar panjasida virusni uyga olib kirishi mumkin.
Beshinchi o‘rinda chiqindi tashlashga chiqish. Bunda xavf nisbatan kamroq bo‘lsada, changda virus zarrachalari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin», deydi u.
Tavsiya etamiz
Qozog‘istonda hashamat solig‘i, Afg‘onistonda qimmat internet va Turkmanistonda taqchil yog‘ - Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 12:43 / 02.03.2025
Toshkentda taksida chaqaloq tug‘ildi
Jamiyat | 23:33 / 01.03.2025
Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qiz tug‘ildi
Jamiyat | 22:30 / 01.03.2025
Tishlari to‘kilgan qonun, avtomobil importidagi muzlash va Uzundagi jinoyat(lar) - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 20:59 / 01.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeK rahbari Yevropani qayta qurollantirish rejasini taqdim etishga va’da berdi
Jahon | 23:25 / 02.03.2025
-
Shimoliy yarimshardagi jazirama va qurg‘oqchilik olimlarni tashvishga solmoqda
Jahon | 22:42 / 02.03.2025
-
Yevropa AQSh va NATOsiz omon qoladimi?
Jahon | 22:30 / 02.03.2025
-
Moskva viloyatidagi savdo markazida otishda yuz berdi. Uch kishi jarohat oldi
Jahon | 22:26 / 02.03.2025
Mavzuga oid

17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror

17:37 / 31.01.2025
“Bu ma’lumotni berib borishimiz kerak” – Nurmat Otabekov havo ifloslanishidan erta ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

18:52 / 19.09.2024