Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp pandemiya davrida biznesga 484 mlrd dollarlik moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
AQSh kongressi o‘tgan haftada ushbu hujjatni qo‘llab-quvvatlab ovoz bergandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus va uning oqibatlariga qarshi kurashish uchun qariyb 500 mlrd dollarlik moliyaviy yordam paketi to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.
Hujjatda 484 mlrd dollarlik moliyaviy yordam ajratilishi ko‘zda tutilgan. Undan 310 mlrd dollar koronavirus pandemiyasi vaqtida kichik korxonalarga yordam berish uchun tashkil etilgan maoshlarni himoya qilish dasturiga (Paycheck Protection Program, PPP) yo‘naltiriladi. Shuningdek, 75 mlrd dollar kasalxonalar hamda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchilarga va 25 mlrd dollar koronavirus testlari dasturini kengaytirishga ajratiladi.
AQSh kongressi o‘tgan haftada ushbu hujjatni qo‘llab-quvvatlab ovoz bergandi.
AQShda mart oyida 2,3 trln dollarlik iqtisodiy yordam paketi ma'qullangandi.
AQSh ayni damda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda 50 114 kishi vafot etgan. Koronavirusga chalinish holatlari 870,4 mingdan oshgan, 80 mingdan ortiq kishi sog‘aygan.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15 / 10.06.2026