Jahon | 00:37 / 25.04.2020
2764
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliya adliya vaziri iste'foga chiqishini ma'lum qildi

Braziliya adliya va jamoat xavfsizligi vaziri Serjiu Moru prezident Jair Bolsonaru federal politsiya boshlig‘i Maurisiu Leyte Valeyshuni bo‘shatganidan so‘ng iste'foga chiqishini ma'lum qildi.

Foto: Aleksey Drujinin

"Pandemiya avjiga chiqqan pallada siyosiy inqiroz sodir bo‘lmasligiga uringandim. Narsalarimni yig‘ishtirib, iste'foga chiqish to‘g‘risidagi arizamni imzolashlarini kutaman", - dedi u matbuot anjumanida.

U shuningdek, prezident unga adliya vazirligining kadrlar siyosatiga aralashmaslikka va'da berganini eslab o‘tdi.

"Bu iste'fodan afsusdaman, bunday bo‘lmasligi uchun harakat qilgandim, ammo bu sodir bo‘ldi", - dedi Moru. 

Federal politsiyaning sobiq rahbarini politsiya va tergovchilar professional assotsiatsiyasi ham himoya qilib chiqdi. Bolsonaru o‘tgan yilning avgustida ham federal politsiya rahbarini bo‘shatishga uringan, ammo Moru bunga yo‘l qo‘ymagandi.

Aprel o‘rtalarida Jair Bolsonaru sog‘liqni saqlash vaziri Luis Mandettani mamlakatda koronavirusga qarshi kurash borasidagi yondashuvlari turlicha bo‘lgani uchun iste'foga chiqargandi. 

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid