O‘zbekiston | 15:16 / 25.04.2020
8581
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda 10 nafar bemor butkul sog‘aydi

Hozirga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 689 nafarga yetdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Ularni respublika sog‘liqni saqlash vazirligi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, sog‘ayganlarning 1 nafari Farg‘ona viloyatidan, 9 nafari Qoraqalpog‘istondan (7 nafari Nukus shahridan bo‘lsa, Qo‘ng‘irot va Kegeyli tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bemorlarning 3 nafari erkak, 7 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 42 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda. Samarali davolash muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi.

Ayni paytga qadar Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 19 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 29 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 689 nafarga yetdi.

Mavzuga oid