Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada mashinani olib qochgan shaxs «Zil» bilan to‘qnashuv sodir etdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
2020 yilning 18 aprel kuni soat 22:30da 29 yoshli J.Z. fuqaro 25 yoshli D.O.ga tegishli Matiz rusumli avtomashinasini Toshkent viloyati Zangiota tumani Harakat mahallasidagi savdo do‘koni oldida kaliti bilan ochiq holatda qoldirib ketganligidan foydalanib, avtomashinani olib qochgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u mashinani Tarnov mahallasi tomonga haydab ketgan va boshqaruvni yo‘qotib yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada J.Z. tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:09
Zangiotadagi “zapravka”da sodir bo‘lgan portlash sababi ma’lum qilindi
05:32 / 17.07.2026
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026