Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eronning ilk harbiy sun'iy yo‘ldoshi razvedka ma'lumotlari jo‘nata olishiga shubha bildirdi
Eron tomonidan fazoga uchirilgan harbiy sun'iy yo‘ldosh muhim harbiy ma'lumotlar taqdim qila olishi dargumon. Bunday fikrni AQSh koinot kuchlari qo‘mondoni general Jon Reymond bildirdi.
Foto: AFP
Uning ta'kidlashicha, AQSh koinot kuchlari Eronning birinchi harbiy sun'iy yo‘ldoshi - “Nur”ning uchirilishi bilan bog‘liq ikkita jism – CubeSat standartidagi sun'iy yo‘ldoshning o‘zi va uni fazoga olib chiqqan “Qosid” raketasi pog‘onasi ortidan kuzatuv olib bormoqda.
“Eron sun'iy yo‘ldosh suratlar yuborishini ta'kidlamoqda. Aslida esa bu koinotda lapanglayotgan veb-kameragina, xolos. U razvedka ma'lumotlari jo‘nata olishi dargumon”, deb yozgan Reymond tvitterda.
Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi 22 aprelda Eronning birinchi harbiy sun'iy yo‘ldoshini orbitaga chiqargandi. Bundan avvalroq Eronning bunday urinishlari besamar yakunlangan.
Korpus qo‘mondoni Husayn Salomiyning aytishicha, harbiy sun'iy yo‘ldoshning borligi Eronga strategik muhim axborotni olish imkonini beradi. Uning ta'kidlashicha, sun'iy yo‘ldoshning barcha texnik qismlari va fazoga yetkazish vositalari xorijiy yordamsiz ishlab chiqilgan.
Mavzuga oid
14:32
Uitkoff Zelenskiy va Putin yaqin orada uchrashishi mumkinligini istisno etmadi
14:21
Fransiya TIV Liondagi fojia haqidagi so‘zlar sabab AQSh elchisini chaqirtiradi
13:25
O‘zbekiston–AQSh turistik almashinuvi: yanvar oyi ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
12:07