Airbus kompaniyasi bankrot bo‘lish arafasida turgani ma'lum qilindi
Koronavirus pandemiyasi sababli Airbus kompaniyasi bankrot bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rdi, dedi kompaniya bosh direktori Giyom Fori. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Biz misli ko‘rilmagan tezlikda mablag‘ yo‘qotmoqdamiz, bu kompaniyamiz mavjudligiga xatar uyg‘otadi», — dedi u.
Forining so‘zlariga ko‘ra, kompaniyani saqlab qolish uchun xarajatlarni zudlik bilan kamaytirish lozim.
Airbus aprel boshlarida reaktiv laynerlar ishlab chiqarishni qisqartirishini e'lon qilgandi.
Aviatsiya sohasidagi inqirozga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘ldi. Kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida butun dunyoda parvozlar cheklandi. Ekspertlarning fikricha, kelgusida ulkan yo‘lovchi samolyotlari butkul yo‘qolib ketishi mumkin. Xususan, fuqaro aviatsiyasi Airbus A380 va Boeing 747-400 samolyotlaridan mahrum bo‘lishi ehtimoli bor.
Mavzuga oid
13:29 / 19.10.2024
Boeing’dan va Airbus’gacha: Dunyoning eng yirik aviasozlik kompaniyalari
20:39 / 15.06.2024
Boeing va Airbus samolyotlarida soxta sertifikatlangan qismlar ishlatilgan – OAV
11:26 / 25.04.2024
Kanada Airbus’ga Rossiya titanidan foydalanishga ruxsat berdi
21:43 / 03.11.2023