Budjet tashkiloti xodimlariga karantin davridagi mehnat ta'tili uchun kompensatsiya berilishi mumkin
Davlat budjeti asosida moliyalashtiriladigan budjet tashkiloti xodimlariga koronavirus pandemiyasi davrida haq to‘lanmaydigan mehnat ta'tiliga chiqqani uchun kompensatsiya hisoblanishi mumkin.
Bu haqida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bu to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqilgan.
“Ushbu qarorda budjet tashkilotlarining pandemiya davrida haq to‘lanmaydigan mehnat ta'tiliga chiqqan xodimlariga kompensatsiya to‘lash masalasi ko‘zda tutilgan. Kompensatsiya tarif stavkasi foizidan kelib chiqqan holda har 30 kalendar kuni uchun belgilanadi”, dedi Habibulla Oqilov 27 aprel kuni o‘tkazilgan brifingda.
Brifing davomida karantin davrida emlash muolajalarni o‘tkazish tartibi xususida ham ma'lumot berildi. Bildirilishicha, poliklinikalarda xavfsiz emlanish uchun barcha sharoitlar mavjud.
“Agar bola ayni vaqtda sog‘ bo‘lsa, emlash grafigini buzishga zarurat yo‘q. Karantingacha bir oy mobaynida 1-2 emlash kunlari bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda poliklinikalarda odamlar to‘planishining oldini olish va o‘z vaqtida dezinfeksiya muolajalarini o‘tkazish uchun deyarli har kuni emlanish mumkin. Kutib qolmaslik uchun oldindan telefon orqali emlashga yozilib qo‘yish to‘g‘ri bo‘ladi”, deya ta'kidlab o‘tdi Habibulla Oqilov.
Mavzuga oid
19:18 / 19.10.2024
Tamaki ishlab chiqaruvchilar Kanada aholisiga 23,6 mlrd dollar kompensatsiya to‘laydi
18:21 / 14.09.2024
Nyu-Yorkda qullikdan jabr ko‘rganlarning avlodlariga kompensatsiya to‘lash haqidagi qonun qabul qilindi
23:47 / 14.08.2024
X ijtimoiy tarmog‘i noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodimiga 550 ming yevro kompensatsiya to‘laydi
11:50 / 26.03.2024