Ajrimlarda taraflar, ayniqsa, farzandlar oğir moddiy ahvolga tuşişining oldini oliş uçun nikoh şartnomasi tuzişning afzalliklarini tarğib qiliş lozim. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev 14 oktyabrdagi yiğilişda ta’kidladi.
Yiğilişda mahallalardagi ijtimoiy muhit va yoşlar tarbiyasi böyiça yeçim topilişi kerak bölgan bir qator masalalar körsatib ötildi.
Masalan, yil boşidan 32 mingga yaqin oila ajraşib ketgani, 16 ming ota-ona aliment tölaşdan böyin tovlab kelayotgani, oilasi va bolalarini kredit qarzlari bilan taşlab ketiş holatlari uçrayotgani, yaqin qarindoşlar örtasidagi va erta nikohlarning salbiy oqibatlari barçani – hokimlar, «mahalla yettiligi», nuroniylar, butun jamoatçilikni qattiq taşvişga solişi kerakligi qayd etildi.
Oila quriş bu – nafaqat özi, balki turmuş örtoği va farzandlari oldidagi katta mas’uliyat ekanini yoşlarga tuşuntiriş zarurligi körsatib ötildi.
Ajrimlarda taraflar, ayniqsa, farzandlar oğir moddiy ahvolga tuşişining oldini oliş uçun nikoh şartnomasi tuzişning afzalliklarini tarğib qiliş lozimligi ta’kidlandi.

















