Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST koronavirus sababli kiritilgan cheklov choralarini bosqichma-bosqich olib tashlashga chaqirdi
JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayanning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatni muntazam ravishda nazorat qilish zarur.
Koronavirus sababli turli mamlakatlarda kiritilgan cheklov choralari bosqichma-bosqich bekor qilinishi zarur. Bu haqda JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan ma'lum qildi.
"Cheklovlar asta-sekinlik bilan bekor qilinishi va puxta rejalashtirilish shart, vaziyatni muntazam nazorat qilinishi zarur. Agarda mamlakatlar cheklovlarni darhol olib tashlasa, qaytadan cheklov kiritishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin", dedi u.
JSST Afrika, Sharqiy Yevropa, Lotin Amerikasi va Osiyoning ayrim davlatlaridagi koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyatdan tashvishda.
Avvalroq JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreysus koronavirus pandemiyasi hali-beri tugamasligini aytgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 3 milliondan oshgan, vafot etganlar soni esa qariyb 209 ming nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026