Jahon | 16:16 / 28.04.2020
2447
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada koronavirus sababli mahbuslar moddiy yordam oladi

Yaponiya hukumati mamlakatning har bir fuqarosiga 100 ming iyendan to‘lashga qaror qilgan - bu 930 dollar atrofida bo‘ladi. Nafaqani olish uchun ariza to‘ldirish kifoya.

Foto: Toru Hanai / Reuters

Yaponiyada qamoqxonalardagi mahbuslar ham koronavirus pandemiyasi sababli qolgan aholi bilan bir qatorda moddiy yordam oladi. Bu haqda mamlakat adliya vaziri Masako Mori ma'lum qildi.

«Jazoni ijro etish muassasalaridagi mahbuslar ham moddiy yordam oladi», — dedi adliya vaziri. U o‘limga hukm qilinganlar ham bundan mustasno emasligini alohida ta'kidladi.

Yaponiya hukumati mamlakatning har bir fuqarosiga 100 ming iyendan to‘lashga qaror qilgan — bu 930 dollar atrofida bo‘ladi. Nafaqani olish uchun ariza to‘ldirish kifoya. Hukumat daromadi yuqori bo‘lgan fuqarolar ushbu nafaqani olishga urinmaydi degan fikrda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga chalinganlar soni 13,6 mingdan oshgan, 385 kishi vafot etgan.  

Mamlakatda 16 apreldan buyon favqulodda holat rejimi amal qilmoqda. U kamida 6 maygacha davom etadi.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid