Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda ham bemorlar sog‘aya boshladi. O‘zbekiston bo‘ylab shifoxonalarda qolayotganlar soni 900dan kamaydi
O‘zbekistonning turli hududlarida koronavirusga chalinganlar sog‘ayishi davom etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida koronavirus bemorlarining navbatdagi guruhlari tuzalgani to‘g‘risida ma'lumot berdi. Sirdaryo viloyatida esa kasallarning ilk guruhiga javob berilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 12 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Ularni respublika sog‘liqni saqlash vazirligi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘ayganlarning barchasi Qoraqalpog‘istondan (7 nafari Nukus shahridan, 3 nafari Qo‘ng‘irot tumanidan, Mo‘ynoq va Qonliko‘l tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 67 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2018 yilda tug‘ilgan.
«Samarali davolash muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi», deyiladi vazirlik xabarida.
Ayni paytga qadar Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 50 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 62 nafarni tashkil etmoqda.
Namangan viloyatida yana 11 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Ularni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘ayganlarning barchasi Namangandan (9 nafari Namangan shahridan, Uchqo‘rg‘on va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, 2 nafari Turkiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 7 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 67 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda.
Viloyatda shu paytga qadar 61 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 72 nafarni tashkil etmoqda.
Xorazm viloyatida 27 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘ayganlarning barchasi joriy yil 22 mart kuni Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Ulardan 22 nafari erkak, 5 nafari ayollardir.
Hududlar kesimida olinsa, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan 5 nafardan, Jizzax va Andijon viloyatlaridan 3 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlaridan 2 nafardan, Toshkent, Namangan viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.
Xorazm viloyatidan ayni paytga qadar 94 nafar bemor butkul sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 121 nafarga yetdi.
Bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar tuzalib chiqayotgan hududlar safiga Sirdaryo viloyati ham qo‘shildi.
Ushbu viloyatda ilk bor 4 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib chiqdi. Sog‘ayganlar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sirdaryodan sog‘ayganlarning barchasi erkak bo‘lib, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 3 nafari Qozog‘iston Respublikasidan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 33 yoshda.
Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 4 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 3 nafar, jami 7 bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas'ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 313 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 320 nafarga yetdi.
Bugun kun davomida hozircha 74 kishi sog‘aydi, 30ta yangi holat qayd etildi.
- Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1066 nafarni tashkil etmoqda.
- Soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1969taga yetdi, shundan 1066 kishiga javob berilgan, 8 kishi vafot etgan, 895 kishi shifoxonalarda qolmoqda.
Mavzuga oid
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
20:00 / 14.03.2026