DXSh loyihalarini amalga oshirishning yagona tartibi tasdiqlandi
DXSh loyihalari bo‘yicha mahsulotlarga narxlarni shakllantirish va tasdiqlash mexanizmi belgilandi
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan DXSh loyihalarini amalga oshirish mexanizmi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
loyihani tashabbus qilish, ishlab chiqish va xususiy sherikni tanlash;
loyihani dastlabki baholash;
loyihaning konsepsiyasini tayyorlash;
amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha hisobot;
DXSh loyihalarining reyestrini yuritish.
Norma’ning yozishicha, davlat sherigi taklif etilayotgan DXSh loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida uni dastlabki baholashdan o‘tkazadi. Buning uchun loyihaning muayyan mezon va shartlarga muvofiq bo‘lishi tekshiriladi. Natijalar ijobiy bo‘lgan taqdirda loyihani tashabbus qilish va tayyorlash amalga oshiriladi.
Loyihani tashabbus qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
loyihaning konsepsiyasini ishlab chiqish, baholash, kelishish va tasdiqlash (uning namunaviy shakli hujjatga ilovada keltirilgan);
vakolatli davlat organi tomonidan konsepsiyani ko‘rib chiqish va ma'qullash;
kelishib olingan konsepsiyaning davlat sherigi yoki Hukumat tomonidan tasdiqlanishi;
loyihaning konsepsiyasini vakolatli davlat organi tomonidan DXSh loyihalarining reyestriga kiritish.
DXSh loyihalari bo‘yicha narxlar (tariflar)ni asoslantiruvchi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlari Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan belgilanadi.
Monopol mahsulotlar yoki tabiiy monopoliyalar mahsulotlariga narxlar (tariflar) Moliya vazirligi va uning topshirig‘i bo‘yicha moliya boshqarmalari tomonidan davlat sherigining yozma murojaati asosida tasdiqlanadi yoki Prezident qarorlariga muvofiq muayyan tovarlar turlariga belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar ko‘rinishida belgilanadi. DXSh loyihalari bo‘yicha qolgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) narxlari davlat sherigi tomonidan xususiy sherik bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjat 27.04.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
07:31 / 12.11.2024
Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
15:24 / 07.11.2024
Birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan cheklov o‘rnatildi
14:30 / 02.11.2024
DXSh loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
13:10 / 02.11.2024