Koronavirusning qayd etilishi kamayib borayotgani mamlakatda pandemiya tugayotganini anglatadimi?
Mutaxassislarning fikricha, koronavirusga chalingan bitta odam e'tiborsiz qoldirilsa va odamlar orasida yursa, bir oyda 406 ta odamga kasallikni yuqtirishi mumkin ekan.

Nurmat Otabekov / Foto: KUN.UZ
AOKA huzuridagi shtabda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi. Xususan, respublikada koronavirus kasalligi qayd etilishi kamayib borayotgani, bu mamlakatda pandemiya tugayotganini anglatishi haqida savol berildi.
“Unday degani emas. Vaziyat birmuncha yumshayotgan bo‘lsa-da, hali 1000 dan ortiq bemor davolanishni davom ettiryapti, 85 mingdan ko‘proq fuqaro karantinda bo‘lib turishibdi.
Mutaxassislarning fikricha, koronavirusga chalingan bitta odam e'tiborsiz qoldirilsa va odamlar orasida yursa, bir oyda 406 ta odamga kasallikni yuqtirishi mumkin ekan.
Oxirgi bemorimiz shifoxonadan chiqib ketganidan keyin 14 kun davomida yangi bemor ro‘yxatga olinmasa, o‘shanda biz xotirjam bo‘lsak bo‘ladi”, - dedi u.
Shuningdek, Nurmat Otabekov kasallikning kamayib borishi, asosan olib borilayotgan davolash, profilaktika ishlarining samarasimi yoki ob-havo isib ketganining ta'siri bo‘lyaptimi, degan savolga javob berdi.
“AQSh Milliy xavfsizlik vazirining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari ikki yarim oy davomida olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, yuqori harorat, namlik va quyosh nuri koronaviruslar salbiy ta'sir qilar ekan.
Agar tashqaridagi havo harorati 23-24 daraja, namlik esa 20 foiz bo‘lsa, narsalar yuzasidagi 50 foiz viruslar o‘lishi uchun 18 soat vaqt kerak bo‘lar ekan. Agar o‘sha haroratda namlik 80 foizgacha ko‘tarilgan bo‘lsa, 50 foiz viruslar o‘lishi uchun 6 soat vaqt kerak bo‘larkan. Agar o‘sha namlikda harorat 30 daraja bo‘lsa, koronavirus 1 soatda, mabodo u yerga quyosh nuri tushib tursa — 1,5 minutda nobud bo‘larkan.
Davolashdagi 49,4 foiz samaradorlikni zinhor inkor qilib bo‘lmaydi. Bunday ko‘rsatkich hatto rivojlangan davlatlarda ham yo‘q”, - dedi u.
Tavsiya etamiz
Qozog‘istonda hashamat solig‘i, Afg‘onistonda qimmat internet va Turkmanistonda taqchil yog‘ - Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 12:43 / 02.03.2025
Toshkentda taksida chaqaloq tug‘ildi
Jamiyat | 23:33 / 01.03.2025
Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qiz tug‘ildi
Jamiyat | 22:30 / 01.03.2025
Tishlari to‘kilgan qonun, avtomobil importidagi muzlash va Uzundagi jinoyat(lar) - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 20:59 / 01.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeK rahbari Yevropani qayta qurollantirish rejasini taqdim etishga va’da berdi
Jahon | 23:25 / 02.03.2025
-
Shimoliy yarimshardagi jazirama va qurg‘oqchilik olimlarni tashvishga solmoqda
Jahon | 22:42 / 02.03.2025
-
Yevropa AQSh va NATOsiz omon qoladimi?
Jahon | 22:30 / 02.03.2025
-
Moskva viloyatidagi savdo markazida otishda yuz berdi. Uch kishi jarohat oldi
Jahon | 22:26 / 02.03.2025
Mavzuga oid

17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror

17:37 / 31.01.2025
“Bu ma’lumotni berib borishimiz kerak” – Nurmat Otabekov havo ifloslanishidan erta ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida

18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV

16:06 / 07.06.2024