O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2020
20438
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zini yakkalash kunlarida Mobiuz abonentlarga qanday sharoitlar yaratmoqda?

Foto: Mobiuz

Shu yilning mart-aprel oylarida Mobiuz mobil operatori mijozlarga ko‘plab qulayliklar yaratish ustida ish olib bordi.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish davrida Mobiuz SIM-kartalarini yetkazib berish xizmati, internet uchun maxsus takliflar, o‘quvchi yoshlar va pedagoglarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, tezlashtirilgan texnik rivojlanish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda ish olib bormoqda.

Xususan, kompaniya ofislariga kelmay turib abonentga aylanish va masofadan turib xizmatlardan foydalanish mumkin. Buning uning kompaniyaning biznes-jarayonlari qayta ko‘rib chiqildi hamda abonentlar va korporativ mijozlarga SIM-kartalarni yetkazib berish xizmati ishga tushirildi. U bir nechta ko‘rinishda taqdim etilmoqda.

Ulanish uchun jismoniy va yuridik shaxslar (+998) 97 1300909 raqami orqali Mobiuz call-markaziga qo‘ng‘iroq qilib, buyurtma qoldirishlari mumkin. SIM-karta qayerga yetkazib berilishiga qarab kompaniyaning hududiy vakillari yoki tijorat hamkorlari (dilerlari) buyurtma bergan abonent bilan bog‘lanishadi. Yetkazib berish xizmati butun respublika uchun amal qiladi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida Mobiuz raqamlariga buyurtmalarni Arena Markaz magazinlar tarmog‘i (+998 78 1292299 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali) va MobileZone mobil qurilmalar yetkazib beruvchisi Telegram-boti orqali ham qabul qilmoqda.

Mobiuz o‘quvchi yoshlar va pedagoglar uchun ham bir qator qulayliklar yaratdi. Birinchidan, bu 10 dan ziyod axborot-ta'lim veb-saytlaridan megabaytlarni sarflamasdan foydalanish imkoniyati. Ular qatorida – Khan Academy O‘zbek ta'lim platformasi, Xalq ta'limi vazirligining Eduportal.uz axborot-ta'lim portali, Respublika bolalar kutubxonasining Kitob.uz sayti, onlayn-ta'lim olish uchun Edumarket.uz, Online-maktab.uz, Talim.uzedu.uz, Utube.uz, Itschool.uz saytlari va boshqa bir qator resurslar bor (uzedu.uz, xtv.uz, xt.uzedu.uz, stat.uzedu.uz, emis.uzedu.uz, kundalik.com).

O‘tgan yilning o‘zidayoq Mobiuz o‘qituvchi va murabbiylar uchun «O‘qituvchi» tarif rejalarini joriy qilgandi. Ta'lim muassasalari masofaviy ish olib borayotgan kunlarda ushbu tariflarga o‘zgarishlar kiritildi. Endi «O‘qituvchi 1» tarifi doimiy tarzda 2000 MBni ham o‘ziga olmoqda, «O‘qituvchi 2» tarifida megabaytlar hajmi 3000 MBdan 5000 MBga oshirildi. Abonentlar to‘lovlari esa o‘zgarishsiz qoldi.

Mobil televideniye yoshlarni ta'lim olishi (maxsus ta'lim dasturlari bilan) hamda yosh-u qari uchun vaqtni maroqli o‘tkazishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Buni inobatga olgan holda kompaniya bir nechta hamkorlar bilan mobil televideniye xizmatini ko‘rsatib kelmoqda. Allplay hamda iTV ilovalari orqali o‘nlab TV-kanallar, minglab multfilm, film va seriallarni ko‘rish mumkin.

Internetdan foydalanish imtiyozlari esa barcha abonentlar uchun amal qilmoqda. Xususan, 9 iyungacha xohlagan hajmdagi oylik Internet-to‘plamni faollashtirgan abonent avtomatik ravishda bepul tungi Internetga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, har oyda onlayn bo‘lishni xush ko‘ruvchilar uchun maxsus takliflar berilmoqda: mart oyida 1000 MB va 2000 MB to‘plamlarini ikki baravar arzon ulash mumkin bo‘lgan bo‘lsa, aprelda bunday taklif 2000 MB va 3000 MB to‘plamlari uchun amal qildi.

Qolaversa, abonentlar 7 ta yangiliklar saytlariga (Daryo.uz, Kun.uz, Uznews.uz, Gazeta.uz, Podrobno.uz, Uzreport.news va Xabar.uz) kirganlarida megabaytlar sarflanmaydi.

Karantin vaqtida dolzarb bo‘lgan raqamlarga bepul qo‘ng‘iroqlar ham Mobiuz abonentlariga ko‘l kelmoqda. Ular uchun nafaqat shoshilinch xizmatlar raqamlariga, balki Sog‘liqni saqlash vazirligining koronavirus bo‘yicha 1003 yagona raqamiga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun xayriya yordamini muvofiqlashtirish markazining 1197 raqamiga qo‘ng‘iroqlar ham bepul.

Bunday sharoitlarda uyali aloqa tarmoqlariga tushadigan og‘irlik ham bir necha baravar ortganligi sir emas. Shunday ekan, Mobiuz respublika bo‘yicha aloqa va Internet sifatini oshirish ustida faol ish olib bormoqda. Kompaniyani 2019-2021 yillarda rivojlantirish Konsepsiyasida nazarda tutilgan ishlar tezkor ravishda amalga oshirilmoqda. Mazkur yilning fevral-aprel oylarining o‘zidayoq 300 dan ziyod yangi baza stansiyalari ishga tushirildi.

“Abonentlarga mehr, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish Mobiuz brendi bergan va'dalardan asosiysidir. Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish davrida bu va'damiz ustidan chiqishga hamda o‘zini yakkalash sharoitida bo‘lgan aholiga qulaylik yaratishga harakat qilmoqdamiz. Hozirda mutaxassislarimiz yangi dolzarb xizmat va aksiyalar ustida ish olib bormoqda”, - deya ta'kidladi Mobiuzning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

Kompaniya yangiliklarini o‘zbek tilidagi rasmiy @MOBIUZuzb Telegram-kanali orqali kuzatish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid