Jahon | 15:03 / 30.04.2020
6163
1 daqiqa o‘qiladi

Singapurda bir sutkada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 500dan ortiq holat qayd etildi

Qayd etilishicha, kasallik yuqtirganlarning aksariyati umumiy yotoqxonalarda yashaydigan chet ellik ishchilar bo‘lib, faqat olti kishi singapurlik yoki mamlakatda doimiy yashovchi xorij fuqarolaridir.

Foto: REUTERS / Thomas Peter

Singapurda bir sutkada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar soni 528taga oshdi, mamlakatdagi bemorlar soni 16 mingdan oshib ketdi. Bu haqda Singaur sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

"30 aprel soat 12:00 holatiga Singapurda yana 528ta kasallik yuqtirish holati aniqlandi", - deyiladi vazirlik tomonidan. Bir kun avval 690 kishida kasallik aniqlangandi.

Qayd etilishicha, kasallik yuqtirganlarning aksariyati umumiy yotoqxonalarda yashaydigan chet ellik ishchilar bo‘lib, faqat olti kishi singapurlik yoki mamlakatda doimiy yashovchi xorij fuqarolaridir. 

Singapurda koronavirusga chalinganlar soni 16169taga yetgan, 14 kishi vafot etgan.

Avvalroq mamlakat koronavirus tarqalishini jilovlagani xabar qilingandi, ammo kasallik yuqtirish holatlari yana qayd etilishi davom etayotgani sababli karantin muddati 1 iyungacha uzaytirildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid