Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada koronavirusga chalinish holatlari keskin ko‘payib ketgani ma'lum qilindi
Rossiyada oxirgi ikki kun ichida koronavirusdan kasallanish holatlari o‘tgan bir hafta ichida qayd qilingan yetarlicha barqaror vaziyatdan keyin keskin ko‘payib ketdi. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova radiostansiyalardan biri efirida ma'lum qildi.
Popovaning ta'kidlashicha, hozirda Rossiyada 10 kuncha avval prognoz qilingan xavflar amalga oshayotgani kuzatilmoqda.
Ikki kun avval Popova Rossiyada o‘zini izolyatsiyalash rejimiga amal qilingan vaqtda koronavirusga chalinish holatlari qayd qilinishi sur'ati ancha kamayganini ma'lum qilgan.
Oxirgi kunlarda Rossiyada federal va hududiy amaldorlar yaqin orada koronavirusga chalinish bo‘yicha eng yuqori darajaga erishilishi yoki undan chiqilishini aytib kelishayotgandi.
Biroq 30 aprelda mamlakat bo‘ylab 7099 ta, 1 may kuni esa 7933 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Vaholanki, 29 aprelda bu ko‘rsatkich 5841 tani tashkil qilayotgandi.
Rospotrebnadzor rahbarining ta'kidlashicha, virus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat fuqarolar cheklov choralari va talablariga qanchalik amal qilishlariga bog‘liq bo‘ladi. O‘zini izolyatsiyalash rejimi ommaviy ravishda buzilsa, cheklovlar qat'iylashtirilishi mumkin.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha 114 mingdan ko‘proq holat qayd qilingan. Virusdan 1169 kishi vafot etgan, 13,2 ming kishi sog‘ayib ketgan. Oxirgi sutkada 96 ta o‘lim holati qayd etilgan.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026