O‘zbekiston | 11:00 / 01.05.2020
8824
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida «GAZ» mobil gospital ish boshladi

Ayni damda dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham karantin holati davom etayotgan bir vaqtda aholiga o‘z vaqtida tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish, virus yuqishi xavfini imkon qadar kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Toshkent viloyatida ish boshlagan, Gorkov avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan yangi mobil gospital esa mana shunday pandemik holatlarda chekka hududlarda yashovchi aholiga tezkor tibbiy yordamni amalga oshirishga yordam beradi.

Aytib o‘tish joizki, ilk bor «GAZel NEXT» mobil tibbiyot kompleksi 2019 yilning 2 oktyabrda Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko tomonidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga rasmiy tashrif chog‘ida topshirilgan edi. Rossiyaning Gorkov avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan avtomobil ko‘rinishidagi mazkur mobil kasalxona aholi punktlarida tibbiy ko‘rik o‘tkazish hamda tor ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, «GAZ» mobil gospitalning yana bir muhim jihati – statsionar tibbiy muassasalar mavjud bo‘lmagan chekka-chekka hududlarda yashovchi aholiga sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Mazkur mini kasalxona har tomonlama qulay va zamonaviy uskunalar, jihozlar bilan ta'minlangan bo‘lib, uning ichida tibbiy ko‘rik, profilaktika, diagnostika hamda davolash amaliyotlarini o‘tkazish mumkin.

Mobil gospitalning ichki qismi ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, unda stomatologiya, oftalmologiya, kardiologiya, urologiya, bolalar va ayollar salomatligi, ilg‘or flyuorografiya hamda rentgenologiya xonalari, laboratoriya va boshqa tibbiyot yo‘nalishidagi xonalarni tashkil etish imkoniyati mavjud.  

Markazning asosiy dizayni maydoni 8 kv. metrgacha bo‘lgan ikkita tibbiyot xonalardan iborat bo‘lib, har biri bemorlarni tekshirish uchun o‘rindiq, shifokor ish stoli, shuningdek, shkaflar to‘plami hamda turli tibbiyot uskunalar uchun mahkamlagichli javonlar bilan jihozlangan. Xonalar alohida kirish qismi va izolyatsiya qilingan hammomga ega.

 «GAZel NEXT» mobil tibbiyot kompleksiga «Gruppa GAZ – Kommercheskiye Avtomobili»ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori – «BEKOLE-BIZNES» MChJ orqali buyurtma berish mumkin. GAZ avtosalonlari Respublikaning 13ta shahrida joylashgan.

O‘zbekistondagi yagona qo‘ng‘iroq markaziga bog‘lanish: +998712006161.

Sayt: www.autogaz.uz

Telegram: t.me/autogazuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid

E`lonlar

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Turkiston Avenue TJMning 3-blokida sotuvlar boshlandi: orzungizdagi xonadon narxi 100% to‘langanda 230 million so‘mdan boshlanadi

Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi