Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiy kengash mamlakatlari transport vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazildi
Yig‘ilishda yuk tashuvlari va logistikani samarali muvofiqlashtirish hamda dolzarb muammolarga tezda yechim topish maqsadida tomonlarning transport va savdo vazirliklari hamda bojxona boshqarmalari vakillaridan iborat maqsadli guruh tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
2020 yilning 30 aprel kuni Turkiy kengash mamlakatlari transport vazirlarining videokonferensiya shaklidagi navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish O‘zbekiston prezidentining Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sammitida ilgari surgan tashabbuslarini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.
Tadbirda Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston, Vengriyaning tegishli vazirliklari rahbarlari hamda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi ishtirok etdi.
Koronavirusning yangi turiga qarshi kurash sharoitida transport operatsiyalari uzluksizligini ta'minlash yo‘llari muhokama qilindi.
Vazirlar «Sharq-G‘arb» Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi orqali yuklarni tashishda yengilliklar yaratish va global pandemiya oqibatlarining mintaqa davlatlari iqtisodiga salbiy ta'sirini bartaraf qilish uchun zarur choralarni ko‘rish imkoniyatini muhokama qildilar.
Onlayn-uchrashuv qatnashchilari transport kvotalari, tranzit hujjatlari, a'zo davlatlar o‘rtasidagi yig‘imlar va haydovchilik vizalari yo‘nalishlarida o‘zaro imtiyozlar taqdim qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.
Kaspiy dengizi bo‘yicha Ro-Ro yo‘nalishida yig‘imlarni pasaytirish, zarur qo‘shimcha tranzit hujjatlarini taqdim qilish va bir-birlarining hududlaridan o‘tish uchun to‘lovlarni o‘zaro bekor qilish ham muhokama qilindi.
Yig‘ilishda yuk tashuvlari va logistikani samarali muvofiqlashtirish hamda dolzarb muammolarga tezda yechim topish maqsadida tomonlarning transport va savdo vazirliklari hamda bojxona boshqarmalari vakillaridan iborat maqsadli guruh tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Mavzuga oid
16:24 / 20.12.2025
O‘zbekistonda avtotransport vositalari uchun ekostikerlar joriy etila boshlandi
14:05 / 17.12.2025
Toshkent–Samarqand yangi temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ldi
08:43 / 17.12.2025
Transport xizmatlari bozor xizmatlarining 18,4 foizini tashkil etdi
20:40 / 09.12.2025