Jamiyat | 11:36 / 02.05.2020
7086
2 daqiqa o‘qiladi

24 mln so‘mlik telefon apparatlarini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 31 mart kunidan 1 aprel kuniga o‘tar kechasi, 30 yoshli D.A. tanishi, 28 yoshli R.A. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Urganch shahar Gurlan ko‘chasidagi do‘konga kirish eshigini temir jism bilan ochib g‘ayriqonuniy ravishda ichkariga kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular umumiy bahosi 24 011 000 so‘mlik telefon apparatlari va turli xildagi boshqa maishiy texnika vositalarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Holat yuzasidan Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan R.A. va D.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida D.A.dan o‘g‘irlik natijasida qo‘lga kiritilgan buyumlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

D.A. va R.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 227-moddasi 2-qismi “a” bandi (hujjatlarni egallash) va 169-moddasi 3-qismi “a” (o‘g‘irlik) bandi bilan ayb e'lon qilinib, “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga oid