Qoraqalpog‘istondan ham sardobaliklarga yordam karvoni yo‘lga chiqdi
Xabaringiz bor, 27 aprel kuni yurtimizga Turkmaniston hududidan kuchli shamol kirib keldi va Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga katta zarar yetkazdi. Ayniqsa, hodisadan buxoroliklar ko‘proq jabr ko‘rdi.
Shuningdek, 1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining devorida suv chiqishi natijasida Sardoba tumani aholi yashash punkti jiddiy zarar ko‘rdi.
Bu ikki hodisa odamlar turmushi, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Xalqimiz azaldan bunday og‘ir kunlarni jipslashib, ahillik va hamjihatlik bilan yengib o‘tgan. Bugungi qiyin sharoitda ham xalqimizning mana shu olijanob fazilatlari yanada yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining tashabbusi bilan 2 may kuni Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida ofat oqibatlarini bartaraf etish, qurilish va obodonlashtirish ishlarini olib borish, mahalliy aholini oziq-ovqat, kiyim-kechak, maishiy texnikalar ta'minlash maqsadida 5 milliard so‘mlik beg‘araz yordam pullari ajratildi va bundan tashqari 550 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, 30 bosh qoramol, 35 tonnaga yaqin guruch yuklangan yuk mashinalari karvoni yo‘lga chiqdi.
Yuk mashinalari karvonini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining raisi M.Yerniyazov va keng jamoatchilik vakillari kuzatib qo‘ydi.
Shuni ham ta'kidlab o‘tishimiz kerak, Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofatdan jabrlangan mahalliy aholi uchun 30 aprel kuni ushbu viloyatga Qoraqalpog‘istondan yordam sifatida oziq-ovqat va qurilish materiallari, shu jumladan 25 tonna guruch, 200 tonna sement mahsulotlari yuborilgan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining matbuot xizmati.
M.Habibullayev olgan suratlar
Mavzuga oid
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
12:31 / 01.07.2024
Uchta hududda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
08:27 / 20.06.2024