O‘zbekiston | 19:58 / 03.05.2020
11485
1 daqiqa o‘qiladi

Bir kunda jami 48 bemor tuzaldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Andijon va Farg‘onada ham koronavirusga chalingan 11 bemorga javob berilgani haqida xabar qildi.

Andijondada 8 nafar va Farg‘onada 3 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aygan. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma'lumotiga ko‘ra, bugunning o‘zida 48 nafar bemor  tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1319 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2136 nafarga yetgandi, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 807 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid