Jonson reanimatsiyada yotganida uning o‘limiga tayyor turishgan
Britaniya bosh vaziri shifoxonada yotgan vaqtda litrlab kislorod olgani, shifokorlar esa istalgan lahzada uning joni uzilishiga tayyor bo‘lishgani haqida gapirib berdi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson The Sun uchun bergan intervyusida aytishicha, u reanimatsiya bo‘limida kasallik bilan olishayotgan chog‘da shifokorlar har ehtimolga qarshi uning o‘limi haqida e'lon qilishga tayyor turishgan.
«Rostini aytsam, ish teskari ketsa, shifokorlarda bir necha reja bo‘lgan. Men ajoyib formada bo‘lmaganman, qonimdagi kislorod kamaygandan kamayardi», — degan bosh vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar u infeksiyadan vafot etsa, bir necha harakatlanish rejasi tuzib chiqilgan. Jonsonning qayd etishicha, u ahvoli og‘irlashayotgan bo‘lsada, o‘lishi mumkinligini qabul qila olmagan. «Men turli bosqichlarda: «Yo xudoyim, hammasi tugadi» deb o‘ylamadim. <...> Ich-ichimdan nimadir meni hammasi yaxshi bo‘lishiga ishontirardi», — deya qo‘shimcha qilgan u.
Bosh vazir uning sog‘ligi qanchalar yomon bo‘lganiga ishonqiramayotganini qo‘shimcha qilgan. U shifoxonada yotganida «litr-litr» kislorod qabul qilganini eslaydi.
«Men shunchaki qattiq xafa edim. Men ko‘plab qurbonlarni ko‘rganimni eslayman, ularni olib kelishar yoki reanimatsiyadan olib chiqishardi. Hozir ahvolim qanday qilib bunchalar yaxshilanganiga hayronman», — deydi Jonson.
Hukumat rahbari jonlantirish bo‘limidagi uch kundan keyin tibbiy jamoaning «mo‘jizakor faoliyati» tufayli odatiy palataga qaytganini qayd etgan va o‘z hayotini saqlab qolgan shifokorlarga yana bir bor minnatdorchilik bildirgan.
«Mening omadim keldi, chunki ko‘plab odamlar mendan ko‘ra ko‘proq jabr chekishdi», — degan bosh vazir.
Jonson mart oyi oxirida koronavirusdan zararlangan, aprel oyi boshida esa ahvoli og‘irlashib shifoxonaga yotqizilgan, u yerda uch kun davomida jonlantirish bo‘limida saqlangandi.
Jonson va Kerri Saymonds aprel oyi oxirida tug‘ilgan farzandiga bosh vazirni qutqarib qolgan shifokorlarga bag‘ishlab ism qo‘yishdi.
Jonsonning qallig‘i Kerri instagramdagi sahifasida chaqaloqqa Uilfred Louri Nikolas Jonson deb ism qo‘yilgani, Uilfred Boris Jonsonning bobosi, Louri esa o‘zining bobosi ismidan olingani, Nikolas esa Boris Jonsonni koronavirusdan qutqarib qolgan ikki shifokor sharafiga qo‘yilganini (ularning ikkisining ham ismi Nik bo‘lgan) aytdi.
Tavsiya etamiz
“Egasini tuni bilan qidirdim” - dollar to‘la hamyonni onaxonga qaytargan serjant
Jamiyat | 18:59 / 07.01.2025
Tarmoqlarda yangi firibgarlar: faollashayotgan tredingchilar, 2 kunga “prava” va Masdar niqobidagi moliyaviy piramida
O‘zbekiston | 18:57 / 06.01.2025
Ukrainaning Kursk oblastidagi «katta yurishi». Bu haqda nimalar ma’lum?
Jahon | 14:50 / 06.01.2025
Tadqiqot: ozish uchun qancha vaqt mashq qilish kerak?
Fan-texnika | 13:51 / 06.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Futbolning noodatiy tomonlari: KUN.UZ yangi formatdagi kanalini taqdim etadi
Sport | 10:07 / 08.01.2025
-
DXSh asosida yirik “yashil energiya” stansiyalari barpo etiladi
O‘zbekiston | 08:11
-
Avstriyada konservatorlar o‘ng populistlar bilan muzokaralarni boshlaydi
Jahon | 08:04
-
2028 yil 1 yanvargacha ov qilishga moratoriy joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 07:35
Mavzuga oid
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
23:14 / 30.09.2024
Boris Jonson migratsiya inqirozida Fransiya prezidentini aybladi
11:36 / 12.01.2024
Jonson Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarni to‘xtatgani haqidagi ayblovni rad etdi
11:58 / 10.06.2023