Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon Kaspiy dengizida fuqarosi halok bo‘lganligi sababli Qozog‘istonga nota yo‘lladi
Kaspiy dengizida Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati tomonidan Ozarboyjon fuqarolarini qo‘lga olish paytida ulardan biri halok bo‘lgan va ikki nafari tan jarohati olgan.
Ozarboyjon tashqi ishlar vazirligi Kaspiy dengizida sodir bo‘lgan hodisada mamlakatning bir fuqarosi o‘ldirilgani va ikki nafari jarohatlangani bois Qozog‘iston elchisiga nota topshirdi. Bu haqda Ozarboyjon tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 2 may kuni Qozog‘istonning Bokudagi elchisi Serjan Abdikarimov Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov tomonidan TIVga chaqirtirilgan.
Uchrashuv davomida Ozarboyjon tomoni Kaspiy dengizida Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati tomonidan Ozarboyjon fuqarolarini qo‘lga olish paytida ulardan biri halok bo‘lgani va ikki nafari tan jarohati olganligi sababli tashvish bildirgan hamda elchiga bu haqda tegishli nota topshirilgan.
Xalafov o‘tochar quroldan foydalanish natijasida insonning halok bo‘lishi "ikki mamlakat chegara xizmatlari o‘rtasida Ozarboyjon va Qozog‘iston orasidagi do‘stlik va birodarlik ruhidagi hamkorlik mexanizmiga mos kelmasligi"ni ta'kidlagan.
U Qozog‘iston tomonidan ushbu hodisa tafsilotlarini har tomonlama o‘rganish va surishtiruv natijalaridan xabardor qilishni hamda marhumning jasadini tezroq topshirishni so‘ragan.
O‘z navbatida Abdikarimov voqeadan chuqur taassufda ekanini bildirgan.
Mavzuga oid
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
20:25 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga jo‘nab ketdi
12:06 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarboyjonga boradi
11:53 / 14.05.2026