Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada dengizdan yollanma jangchilar hujumi qaytarilgani e'lon qilindi
Venesuela rasmiylari tezyurar katerlarda bo‘lgan yollanma jangchilarning hujumi qaytarilganinini e'lon qilishdi.
Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 8 yollanma jangchi o‘ldirilgan, yana 2 nafari asirga olingan. Venesuela sotsialistik partiyasi rahbari Dioskado Kabelloning ma'lum qilishicha, asirga olingan jangchilar so‘roq qilinganda Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni ag‘darish uchun AQSh va Kolumbiya buyurtmasiga ko‘ra ishlaganlarini tan olishgan. Biroq AQSh va Kolumbiya bu ayblovlarni rad etmoqda.
O‘ldirilgan jangchilarda Peru hujjatlari, yirik kalibrli qurol, sun'iy yo‘ldosh telefonlari, AQSh bayrog‘i tushirilgan kiyim va kaskalar topilgan. Ular poytaxt Karakasdan 32 km uzoqlikdagi La-Guayra port shahrida tushishlari kerak bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, La-Guayrada jangchilarni transport va og‘ir qurol kutgan.