Yana bir davlatda koronavirus yuqtirganlar soni 100 mingdan oshdi
Braziliyada koronavirus yuqtirganlar soni keskin oshishda davom etmoqda. Oxirgi bir kunda mamlakatda 4,5 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan va shu tariqa Braziliyada koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 100 ming nafardan oshdi.
Worldometers ma'lumotiga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 04:00 holatida Braziliyada 101 147 bemor qayd etilgan. Bu mamlakatda o‘lim holatlari soni 7 mingdan oshgan. Braziliya kunlik kasallik aniqlanish miqdoriga ko‘ra faqat AQSh (26 459) va Rossiyadan (10 633) ortda qolgan. O‘lim holatlari esa oxirgi bir kunda faqat AQSh (1 122) va Britaniyada (315) Braziliyadan (275) ko‘proq qayd etilgan.
Shuningdek, Janubiy Amerikaning yana ikki davlatida keskin o‘sish qayd etilgan. Peruda kunlik o‘sish 3 394 nafarni tashkil etib umumiy kasallanganlar soni 46 mingga yaqinlashgan bo‘lsa, Ekvadorda bir kun davomida yana 2 074 nafar odamda koronavirus aniqlanib, umumiy kasallanganlar soni 30 mingga yaqinlashdi.
Ma'lumot uchun, Braziliya umumiy kasallanganlar soni 100 ming nafardan oshgan to‘qqizinchi mamlakat bo‘ldi. Bungacha AQSh (1,18 million), Ispaniya (247 ming), Italiya (210 ming), Britaniya (186 ming), Fransiya (168 ming), Germaniya (165 ming), Rossiya (134 ming) va Turkiyada (126 ming) kasallanganlar soni 100 mingdan oshgandi.
Kasallanganlar soni bo‘yicha 10-o‘rinda borayotgan Eronda virus yuqtirganlar 97 424 nafarga yetgan. Butun dunyoda esa kasallanganlar soni 3,5 milliondan, koronavirus sabab vafot etganlar soni esa 248 mingdan oshdi. Shuningdek, 1,15 million odam koronavirusdan shifo topgan.
Mavzuga oid
23:05 / 06.11.2024
Braziliyalik politsiyachi Interpol rahbarligiga saylandi
17:08 / 02.11.2024
Braziliyada kattaligi chumoliday keladigan qurbaqa topildi
09:30 / 21.10.2024
Braziliya prezidenti BRICS sammitiga parvozini bekor qildi
14:10 / 09.10.2024