Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat budjetidagi mablag‘lar birinchi navbatdagi chora-tadbirlarga yo‘naltiriladi
“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilindi.
Ta'kidlab o‘tilganidek, 2020 yil mamlakat uchun turli sinovlar bilan boshlandi. Mamlakatda koronavirus pandemiyasi va global inqiroz oqibatlarini yumshatish ishlari olib borilayotgan bir paytda Buxoro viloyatida, so‘ngra Sirdaryo viloyatida tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu holatlar qo‘shimcha katta mablag‘ sarfini talab qiladi. Shu bois, ushbu loyiha, avvalo, Davlat budjetining barqarorligini ta'minlash va xarajatlarni optimallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
Deputatlar mazkur qonun loyihasi muhokamasida uni so‘zsiz qabul qilish zarur ekanligini e'tirof etdilar.
Prezidentning 2020 yil 19 martdagi farmoniga muvofiq, Moliya vazirligi huzurida 10 trln. so‘m miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etilib, jamg‘arma mablag‘lari manbalari qilib Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va qonun bilan ta'qiqlanmagan boshqa manbalar belgilangan.
Shundan kelib chiqib, Moliya vazirligiga ajratiladigan mablag‘larning chegaralangan miqdorlariga, ya'ni Qonunga tegishli o‘zgartish kiritish zarurati yuzaga keldi.
Bundan tashqari, prezident qarorlariga asosan ayrim davlat boshqaruvi organlari tuzilmasida ma'muriy o‘zgartirishlar amalga oshirilgani, shuningdek, yillik budjet to‘g‘risidagi qonun birinchi marta joriy etilishi munosabati bilan amaliyotda yuzaga kelayotgan ayrim holatlardan kelib chiqib, boshqa o‘zgartirishlar ham kiritilmoqda.
Deputatlarning qayd etishicha, ushbu qonun loyihasida yana bir muhim jihat - budjet mablag‘larini ustuvor yo‘nalishlarga, ya'ni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va uning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlarga safarbar qilinishi nazarda tutilayotgani e'tiborga molik.
Muhokamalardan so‘ng, qonun qabul qilindi.
Mavzuga oid
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
11:57 / 17.05.2026
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
12:22 / 25.03.2026