Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro xorij kuchlari unga suiqasd qilmoqchi bo‘lgani haqida ma'lum qildi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro kolumbiyalik yollanma jangarilar shimoldagi dengiz hududi orqali mamlakatga bostirib kirib, uni o‘ldirmoqchi bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda El Universal nashri xabar berdi.
Maduroning ma'lum qilishicha, jangarilar guruhi dengiz orqali mamlakatga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Ular Kolumbiyada o‘rgatilgan bo‘lib, buning isbotlari mavjud. Maduroning aytishicha, jangarilar AQSh hukumati ko‘magida moliyalashtirilgan.
Venesuela prezidentining ta'kidlashicha, jangarilar uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan, ushbu operatsiyaning bosh maqsadi ham shu hisoblanadi. “Pandemiya avj olgan vaqtda terakt... Venesuela osoyishtaligi va tinchligiga qarshi terakt”, deb ta'riflagan ushbu qo‘poruvchilik harakatini Maduro. Uning aytishicha, hujum haqidagi ko‘proq tafsilotlar va isbotlar 5 may kuni taqdim etiladi.
Venesuela huquq-tartibot idoralari jangarilarning hujumini 3 may kuni bartaraf etgan. Jangarilar tezyurar katerlarda harakatlanib, La-Guayra shtati sohili orqali hujum qilishni rejalashtirgan. Venesuela ichki ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, yollanma jangarilar teraktlar sodir etib, hukumat yetakchilarini o‘ldirmoqchi va davlat to‘ntaruvi amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Hujum qaytarilishi vaqtida bir necha jangari yo‘q qilingan, ba'zilari qo‘lga olingan.
Kolumbiya tashqi ishlar vazirligi mamlakatning bu hujumga aloqadorligini rad etgan.
Mavzuga oid
10:05
Venesueladagi seysmik ofat: qurbonlar soni 5 mingdan oshdi
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026