Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parlamentda qator qonun loyihalari yangi nom bilan qabul qilindi
Joriy yilning 23 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida «III va IV darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordenini ta'sis etish to‘g‘risida»gi, «Sog‘lom avlod uchun» medalini ta'sis etish to‘g‘risida»gi qonun loyihalari ko‘rib chiqilib, qabul qilingandi.
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati
Parlament quyi palatasining 5 may kuni bo‘lib o‘tgan majlisida mazkur qonun loyihalari «Salomatlik» ordenini ta'sis etish to‘g‘risidagi» «Sog‘lom turmush» medalini ta'sis etish to‘g‘risidagi» degan yangi nomlar bilan qabul qilindi.
«Salomatlik» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini yaxshilash hamda bu borada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadi. Ushbu orden bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishlari mumkin. «Salomatlik» ordeni ikki darajadan iborat.
I darajali «Salomatlik» ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari, II darajali «Salomatlik» ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga esa bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi. Shuningdek, mazkur ordenlar bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlardan ham foydalanadi.
Mavzuga oid
09:42 / 04.02.2026
Parlamentda mahalliy kengashlar vakolatlarini kuchaytirish taklifi ko‘rib chiqildi
10:51 / 21.01.2026
Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona belgilar va “taksi pasporti” joriy etilishi mumkin
21:07 / 13.01.2026
Bolaga ota ismini familiya sifatida berishga ruxsat etilishi mumkin
09:00 / 28.12.2025