Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh tashkiloti O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun 2 million dollar ajratadi
AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC/CAR) Markaziy Osiyo hukumatlarining COVID-19 ga qarshi sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6,8 million dollar ajratdi, buning 2,07 million dollari esa O‘zbekistonga beriladi. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi Kun.uz'ga ma'lum qildi.
«Ushbu mablag‘ni CDC O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash vazirligi aniqlagan eng shoshilinch ehtiyojlarni qondirishga sarflaydi. Jumladan, mablag‘ COVID-19 testlari uchun laboratoriya jihozlari va asbob-uskunalar sotib olishga sarflanib, buning natijasida infeksiyani tashxislash qobiliyati oshishiga va test natijalari tezda o‘zgarishiga erishiladi. Shuningdek, ajratilgan mablag‘, CDC Atlantada ochganiga o‘xshash, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida shoshilinch tibbiy operatsiyalar markazini tashkil etish maqsadida tegishli jihoz xarid qilish va trening o‘tkazishga sarflanadi», – deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, CDC chegara kirish punktlarida tekshiruvdan o‘tkazish uchun texnik ko‘mak ham beradi, bu esa mamlakatning chegaralarda shaxslarni aniqlash va javob qaytarish qobiliyatini mustahkamlaydi.
«Biz Markaziy Osiyodagi COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha yanvar oyidan boshlab yaqindan monitoring olib bormoqdamiz hamda mintaqadagi barcha hukumatlarga kasallik avj olishiga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash uchun texnik ko‘mak taklif qilib kelmoqdamiz», – dedi Qozog‘istonning Almati shahridan turib telefon orqali o‘tkazilgan press-brifingda so‘zlagan CDC Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori, doktor Deniyel Singer.
«Ushbu mablag‘ bizga virus tarqalishini sekinlashtirish bo‘yicha mamlakatlar ko‘rayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirishga imkon beradi. Bunda CDCning mintaqada ko‘p yillardan buyon OIV va sil kasalligini nazorat qilish hamda gripp va boshqa pandemik kasalliklarga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan ishlariga asoslaniladi. CDCning sog‘liqni saqlash xavfsizligini yaxshilashga yo‘naltirilgan sarmoyalari tahdidlarga, shu jumladan hozirgi koronavirus epidemiyasiga tez va samarali tayyorgarlik ko‘rish uchun poydevor vazifasini o‘tadi va biz sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan hamkorligimiz har qachongidan ham muhimroq ekanini his qilmoqdamiz» – dedi janob Singer.
CDC birinchi ofisini 1995 yili Almatida ochgan bo‘lib, hozir uning ofislari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonda ham mavjud. CDC mahalliy laboratoriya, kasallikni nazorat qilishni mustahkamlash, mutaxassislar qobiliyatini oshirish maqsadida har bir mamlakatdagi sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda ishlaydi va ularga kasallik tarqalishining oldini olish, aniqlash va tegishli javob qaytarish bilan bog‘liq faoliyatni yanada yaxshilashga ko‘maklashadi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
11:20 / 13.06.2026