Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dushanbeda qurilayotgan ko‘p qavatli uylar koronavirusga chalingan bemorlar uchun shifoxonalarga moslashtiriladi
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 300ga yaqinlashgan, 5 kishi vafot etgan.
Dushanbe shahri raisi, Tojikiston prezidentining o‘g‘li Rustam Emomali shaharda qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni koronavirusga chalingan bemorlar uchun shifoxonalarga moslashtirishga buyruq berdi.
U kuni kecha tashrif buyurgan maydoni 14,2 ming kvadrat metrni tashkil etuvchi olti qavatli uyda uch kun ichida 110ta davolash kabineti va 24ta ish kabineti joylashtiriladi. Shifoxona 600 nafargacha bemorni qabul qiladi.
Rustam Emomali shuningdek, bir oy ichida foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan sakkiz qavatli uydagi ishlarning borishi bilan tanishdi. Umumiy maydoni 10,3 kvadrat metr bo‘lgan mazkur binoda 200ta o‘ringa mo‘ljallangan shifoxona joylashtirilishi rejalashtirilmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 300ga yaqinlashgan, 5 kishi vafot etgan.
4 may kuni Tojikistonda birato‘la 102 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgandi.
5 may kuni Tojikiston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vaziri Nasim Olimzoda Xo‘ja o‘z lavozimidan ozod etilgani xabar qilindi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025