Halollik – baraka omili. Rahimberdi domla Rahmonov bilan suhbat
|23:38 / 06.05.202016 9269 min
Ramazon oyi munosabati berib borilayotgan turkum körsatuvlarning navbatdagisi «Halollik – baraka omili» mavzusida böldi. Suhbatdoşimiz – Toşkent şahar «Xöja Alambardor» jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi domla Rahmonov.
Baraka – bu unum va manfaatdir
«Halollik – baraka omili» mazmunidagi suhbatni har doim, har davrada: farzandlar davrasida, şogirdlar davrasida, yor-u döstlar davrasida köproq gapirişimiz kerak. Çunki halollik bor joyda baraka böladi.
Baraka – bu unum degani, foyda degani. Ya'ni arzimagan rizq barakali bölişi degani – öşa rizqning foydali va unumli bölişidir. Biz uçun manfaatli bölişi – barakali böldi degani. Umringga barakot bersin degani – umring unumli va manfaatli bölsin, deganidir.
Baraka qaçon unumli va manfaatli böladi? Qaçonki, insonning qilayotgan harakati halol bölsa, niyati halol bölsa. Şundagina mehnat va harakatning zamirida sodir böladigan işda baraka va fayz böladi.
Musulmon mehmonini ham halol va pokiza rizq bilan mehmon qiladi
Rahimberdi domla Rahmonov
Rasuli akram alayhissalom marhamat qiladilar: «Har bir musulmonga halolni talab qiliş vojibdir».
Boşqa işlar oddiy odamning ixtiyoridagi iş bölişi mumkin. Lekin har bir inson halollikni talab qilişi – bu uning gardanidagi burçdir.
Musulmon odam hatto farzandlarini, özini, keladigan mehmonni halol va pokiza rizq bilan mehmon qilişi kerak, oziqlantirişi kerak. Hattoki, şunday tavsiyalar va körsatmalar borki, mömin faqat möminni emas, balki, ğayridinni ham, dinsiz bir odamni ham halol va pokiza rizq bilan mehmon qilişi kerak.
Halol rizq deb yurgan – Alloh yölida yurgan hisoblanadi
Payğambarimiz Muhammad alayhissalom halolni talab qilişlik hattoki jihod deganlar. Jihod-jihod, deyişadi. Haqiqiy jihod – nafsga qarşi jihod, halol mehnat bilan yuriş bu. Jihod – Allohning yölida yurişdir.
Payğambarimiz alayhissalom bir kuni erta tongda sahobalar bilan ötirgandilar. Qaddi-qomati kelişgan bir yigit tez şaxdam qadamlar bilan ötib ketayotganda sahobalardan birlari: «Agar şu yigit Allohning yölida bölganida bormi, dinga qança foydasi yetgan bölar edi», – dedi. Şunda Payğambarimiz alayhissalom: «Agar şu yigitning ota-onasi, farzandlari, rözğori bölsa, bola-çaqam, ota-onam deb ketayotgan bölsa, bu Allohning yölidagi yigitdir», – dedilar.
Mavzuga oid
Şuning uçun fursatdan foydalanib aytmoqçimanki, bugun ota-onasining xizmatini qilib, bola-çaqasining rözğorini qilib halol mehnat, kasb-u korga ertalabdan çiqib ketib horib-çarçab oilasiga kelayotgan, şu bilan hayoti ötayotgan yigitlarimiz halollikning rioyasini qilsalar, mana şu yigitlarimiz, inşaalloh, Allohning yölidagi yigitlardir.
Bir olmani qaytarib olib kelgan yigit haqida
Şukrki, bizning kunlarimizda ham halol yigitlarimiz juda köp va mana şu yigitlarimizning hayotida yuqorida aytganimizdek barakani köryapmiz.
Bir Hoji akamiz aytadilar: «Toşkent şahridagi Qöyliq bozoridan bozor qildim. Keyin bir maşinani töxtatib uyimga keldim. Bozorligimni tuşirib oldim. Keçga tomon asrdan keyin eşigim taqillab qoldi. Çiqsam, ertalab bozordan olib kelib qöygan yigit. Keling öğlim, desam: «Otaxon, uzr, sizning narsangiz qolibdi», deb, bitta olmani qölida kötarib menga körsatyapti. U yigit uyga borib maşinasini tozalasa, örindiği tagidan şu olma çiqibdi.
Öylab körib, bozorlik qilgan odam faqat men ekanligimni eslabdi. Şunga öşa bitta olmani kötarib olib kelibdi. Olmani qölimga oldim. Öğlim siz vazifangizni bajardingiz, halol iş qildingiz, deb qaytarib oldim-da, endi qölingizni oçing, deb yana qaytarib berdim. Qölimni oçib, şu yigitning haqqiga duo qildim», – dedilar.
Qarang, bugun ham inşaalloh niyati töğri, birovning bitta tuşib qolgan olmasiga xiyonat qilmaydigan yigitlarimiz bor.
Halollikdan olimlar dunyoga keladi
Agar biz tarixga qaraydigan bölsak, tarixda yaşab ötgan uluğlarimizning uluğligining tamal toşi bu – halollikdir.
Masalan, Imom Buxoriyning otasi onasiga aytgan ekan: «Mening farzandlarimga qoldiradigan merosimda bir dirham şubha borligini bilmayman», – degan ekanlar.
Bu kişi harom emas, hattoki şubha borligini bilmayman, degan ekanlar. Mana bu halollikning natijasidan tuğilgan farzand dunyoning olimi böldi.
Yoki Imomi A'zamning tuğilişini bilasiz. Otalari suvdan oqib kelayotgan bitta olmani tişlab, e, axir bu kimningdir haqqi-ku, deb turib, suriştirib egasini topgan. Boğ egasi bu insonning halolligiga xaridor bölib, qizlarini nikohlaganlar. Mana şu nikohdan Imomi A'zam tavallud topgan ekanlar.
Halollikdan duolar qabul böladi
Azizlar, bugun farzand tarbiya qilyapmiz. Farzandlarimizning kelajakda uluğ inson bölişi, xalqparvar va yurtiga kerakli inson bölişini umid qilsak, albatta ularga ilm, odob beramiz. Lekin mana şu ilmimiz, odobimizning barakasi bölişi uçun öşa ilm va odob yuqişi uçun ularning luqmasiga e'tibor berişimiz kerak.
Ilgari onalarimiz farzandlarini tahoratsiz emdirmagan. Bizning onalarimizning allasi öşa «Alloh» degan söz bölgan. Biz halollikka juda katta e'tibor berişimiz kerak. Bugun mamlakatimiz uçun ham halol xodimlar kerak.
Xonadonimizda halollik va poklik bölsa, inşaalloh Allohning nuri, barakoti yoğiladi. Qolaversa, qöl kötarib qilgan duolarimiz ijobat böladi.
Tarozudan urib qoluvçilarga vayl bölsin!
Ba'zilar bor, xiyonat qiladilar: savdoda va tirikçiligida odamlarni aldaydilar.
Bir kişi aytyapti: «Bozorda bir qop piyoz oldim. Körsatgani juda ham ajoyib. Menga ma'qul böldi. Pulini berib, uyga olib keldim-da qopni tökib qarasam, içi töla maydasi ekan. Bu qanday böldi, içi töla maydasi ekan-ku? Bu meni aldadi-ku. Menga sotgan yigit nabiram qatori edi. Nahotki, hozirgi yigitlar aldoqçi bölib ketdi, deb ranjidim. Birovga aytsam, «Ey, otaxon qarang bu hiylani. Şunaqa tirikçilik qilib böladimi?» dedi.
Şunda bilsam, qopning içiga quvur solar ekan. Qop içidagi quvurning atrofiga yirigini, quvurning içiga esa, maydasini solar ekan. Yana oğziga yirigini solib qöyar ekan. Bu qanday bir hiyla?»
Qur'oni Karimda 114ta suraning biri – «Mutoffifin» surasi. «Urib qoluvçilar». Birovning xaqini urib qolib, enidan, böyidan, litrdan, kilosidan. Şu bilan bola-çaqa boqib böladimi?
Qörqiş kerak. «Mutofifin» surasi bor. Mutoffifin degani – urib qoluvçilar degani. Alloh taolo suraning avvalida dahşat bilan boşlaydi. Ya'ni, Alloh taolo urib qoluvçilarga dözax bölsin deydi. Birovdan olganda kamaytirib oladigan, sotganda köpaytirib sotgan odamlar köp emasmi?
Ming kişiga saxovat körsatayotganlar bor
Ayniqsa, hozirgi pandemiya vaqtida karantin vaqtida şunday holatlar köp uçradi. Hattoki, 3 ming söm bölgan narsa 5 ming – 6 ming sömgaça kötarildi. Xalqning boşiga kelgan bu qiyin kunlarda kimning aslida kimligi bilinadigan payt.
Şunaqa yigitlarni ham köryapmiz: bir yigit minglab odamlarga saxovat körsatib, savob qilyapti. Lekin payt poylab kimlardir narxni oşirib foyda topib qolişlik umidini ham qilyapti.
Narx oşişini öylaş – mömin tijoratçiga xos emas
Rasuli Akram alayhissalom aytganlar: «Mahsulotini yoki olib keladigan mahsulotini, bir kun qimmat bölişini umid qilib xayolidan ötkazsa, Alloh taolo bir hafta uning duosini va toatini qabul qilmaydi».
Olib keladigan yoki işlab çiqaradigan mahsulotimizni qimmat bölişini emas, möl-köl bölişini, barakali va xaridorgir bölişini söraşimiz kerak. Narxlar oşsa-yu, foydalanib qolsak, degan iş – bu möminning işi emas.
Pandemiya davrida, kerak bölsa, olayotgan foydasini kamaytiriş ham savobdir
Ayniqsa, mana şu savdo bilan şuğullanadiganlar oldingi, karantindan oldingi foydangizni hozir kamaytiring. Kerak bölsa, hozir kamroq foyda köring. Balkim, şu iş bilan siz savoblarga ega bölarsiz. Mana şu ham bir vatanparvarlik va xalqparvarlik böladi. Şuning uçun mayli, zarar körmang, lekin narxni oşirib bunday işni qilişlik yaxşi emas.
Sababi – ba'zi bir xonadon egalari mehnat ta'tili bilan uyda ötirgandir. Ularga qiyinçilik bölişi mumkin. Şu jihatdan narxlarni bir me'yorda uşlab turiş – har birimizning ham fuqarolik, ham möminlik, iymon oldidagi vazifamiz desak, töğri böladi.