Hasad nima? U qanday paydo böladi?
Hasad – ma'naviy illat. Insoniyat tarixida ilk qotillikka hasad sabab bölgan. Lekin undan ham oldin Odam alayhissalomga jannatda hasad böldi. Şayton Odamga hasad qildi. Alloh taolo Odamni mukarram yaratganligini e'lon qilib, butun fariştalarni unga sajda qilişlikka tarğib qildi. Lekin yolğiz şayton özini yaratilişdagi unsurda uluğ ekanligi, ya'ni «men olovdan yaratilgan bölsam, Odam tuproqdan yaratilgan bölsa», deb hasad qilib unga sajda qilmadi. Bu hasad natijasida şayton mal'un böldi. Allohning la'natiga giriftor böldi.
Odam alayhissalom yer yuziga tuşgaç, aka ukasiga hasad qildi va ukasining qotili böldi. Başariyat tarixida ilk qotillik sodir böldi. Keyingi davrlarga qaraydigan bölsak, insoniyat eng köp hasaddan ozor körgan va körib kelmoqda.

Rahimberdi Rahmonov
Hasad – hamma gunohlarning onasi
Hasadgöy odam özi hasad qilgan odamning ğiybatini qiladi, yolğon guvohlik beradi, çaqimçilik qiladi, odamni la'natlaydi. Hasad odamni janjal qilişga, qöl kötarişga, hattoki u qotil darajasiga eltadi.
Mana şu gunohlar: yolğon, çaqimçilik, böhton – hammasini örgansak, zamirida hasad yotibdi.
Alloh taolo Qur'oni karimda hasadni şunçalar katta gunoh ekanini ta'kidlab, undan saqlaniş lozimligini eslatgan. Alloh taolo hasadgöyning hasadidan panoh söraşga buyurgan. Odatda biz tuhmat, yolğon, yer-osmon balolaridan qutqargin, deb duo qilamiz. Lekin Alloh Qur'onda, Falaq surasining oxirgi oyatida örgatyaptiki, hasadçining hasadidan ham panoh söraş kerak ekan. Hasadgöy şunçalik yomon inson ekanki, undan panoh söraladigan odam ekan.
Gohida farzand, şogirdimizda boşqalarga nisbatan hasad paydo bölganini payqaymiz. Şuning uçun ota-onalar farzandlarini bolaligidan boşlab boşqalardan qizğanişga emas, aksinça ilinişga örgatişi kerak.
Hasadning şakllanişiga atrof-muhit ham sababçi bölib qoladi. Tevarak-atrofda unga nisbatan ta'siri kuçliroq bölganlarning fe'l-atvori hasadga sabab bölib qoladi. Hasadgöy ota-onaning farzandi ham şunday böladi.












